Дата: 22.02.2021, 00:04
Visol (Baxor sog'inchi) Yaproqlar so'zlasin muhabbatimni,
Sabolar Yetkazsin sevgi xatimni,
Tong chog'i esganda mayin shabboda,
Bulutlar ismingni chizar samoda.
Chor atrof gullarga burkanar shu on,
Shabnamlar ifori uf urar har yon,
Gurkirar yaproqlar va nina barglar,
Jiydaning gullari visolga chorlar.
Baxorni madh etar sayroqi qushlar,
Suv ichib sevgining kaftidan ular,
Qo'limda shod xurram vasling istagi
Yuraging taftini qumsagan gullar.
Jimirlab oqadi sharqiroq zilol,
cho'milar sokin tunda yangi hilol.
Sochlarini yoyib chorlar majnuntol.
Sexrli tun bag'rida kutar visol...
Ⓜ️: Xudoyberdi To'ychiyev
Yangi she'rlar
Diqqat diqqat! Xato va kamchiliklar shikoyatlar uchun Admin bilan aloqa uchun..! bu yerni bosing!
Поделиться:
Категория