Tillarida bol tutgan,
Kulib xushomad etgan
Sof tuyg'uni unutgan
Soxtalardan charchadim.
Avrash dardida halak
Bo'lib girdi kapalak,
Bezib ketdim shunchalik
Soxtalardan charchadim.
Chin so'zim deydi ishon
Yolg'onin qilar Bayon
Asl yuzlari ayon
Soxtalardan charchadim.
Ko'z tegmasin lek biroq
Taqib qo'ying kuzmunchoq
Toping boshqa ovunchoq.
Soxtalardan charchadim
Ofarin qulluq bo'lsin.
Kelishgan, ko'rkam Xusn
Qalbingizga ham yo'qsin
Soxtalardan charchadim.
Bo'lib qolsam gar xasta
Qochisharlar bir pasta
Yonimdagi orasta
Soxtalardan charchadim.
Bordi-yu kun qolmasin,
Sinalgan-ku hammasi
Topilmas birortasi,
Soxtalardan charchadim.
Aytsam shu eski dardni
Qani sodiq, do'st-yor, kim?
Hushlamayman nomardni
Soxtalardan charchadim.
Sotganida bir-birin
Oshkor qilmadim sirin
Xudoyberdi, der lekin
Soxtalardan charchadim.
Tillarida bol tutgan,
Kulib xushomad etgan
Sof tuyg'uni unutgan
Soxtalardan charchadim.
Avrash dardida halak
Bo'lib girdi kapalak,
Bezib ketdim shunchalik
Soxtalardan charchadim....
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Ⓜ️ Xudoyberdi To'ychiyev
Поделиться:
Метки: | Ko'rildi: 879