Haq Yo'lini unutib qo'yma.
og'zing burning yog'ga to'lsa ham,
mayli noming ulug' bo'lsa ham,
shayton yo'ldan urub tursa ham,
haq yo'lini unutib qo'yma.
gerdaygancha labingni burib
Yurubsanda ko'ksingni kerib,
Qolma yana ikki bukilib,
haq yo'lini unutib qo'yma.
Davringni sur yashagin ammo,
Bu boshingingga topma muammo.
Hayotingda istasang ma'no,
haq yo'lini unutib qo'yma.
Tanang doim mehnatda bo'lsin;
Qalbing lekin xudoni bilsin,
joynamozga boshing egilsin,
Haq yo'lini unutib qo'yma.
Xudoyberdi balki ertadur*,
Lekin ezgu yo'lga eltadur.
harom yo'llar harob etadur,
haq yo'lini unutib qo'yma.
Izox: ertadur- Bu yerda hali nasixat bermoqqa erta, yoshlik qilursan ma'nosida qo'llangan.
Muallif: Xudoyberdi To'ychiyev
Поделиться:
Метки: | Ko'rildi: 1059