Yuragim afsunga aylanib sevsin,
Siz esa afsungar bölingiz tanho.
Hatto tonggi sabo sevgimni sezsin,
Göyo shabnamlarga aylangan samo.
Yuragim afyunga aylanib sevsin,
Quyunlardan tössin yöllaringizni.
Shubha, gumon degan xayolni buzsin,
Quyoshdek yoritsin dillaringizni.
Yuragim osmonga aylanib sevsin,
Tunlar yulduzchalday tursinda boqib.
Oymomo allalab ertaklar aytsin,
Dardlaringiz yuvsin yomg'irlar yog'ib.
Yuragim dengizga aylanib sevsin,
Mavj ursin tuyg'ular tölqinlarida.
Shovqini töfondek dunyoni tutsin,
Sevgilar tug'ilsin toshqinlarida!
Yuragim afsunga aylanib sevsin...
Поделиться: