So'nggi Qo'ng'iroq ☎️
Afsusdaman ming bora bugun
Sizni uchratgan shu kun uchun
Vidoga ham yetmagan yakun
So'nggi diydor bo'ldi qo'ng'iroq
So'nggi diydor so'nggi qo'ng'iroq.
Sof yuragimda sof muhabbat
Istar edim vaslingiz faqat
Tan olmasam hamki haqiqat
Taqdir bizni ayladi yiroq
So'nggi diydor so'nggi qo'ng'iroq
Sevgi haqida der aslida
Oliy qonun ishqning faslida
Kimki sevsa agar kuchliroq
O'shangadir azobi firoq
So'nggi diydor bo'ldi qo'ng'iroq
Ketolmadim hech ham yuz bura
Yodimdan hech chiqmaydi sira
Shirin hamda achchiq hotira
Yillar o'tdi hamon bir titroq
So'nggi diydor so'nggi qo'ng'iroq.
Kim ham bilar edi dardini.
Telba qildi Xudoyberdini
Tilimda va dilda bir atoq
Solib qo'ydi o'rtaga nifoq
So'nggi diydor so'nggi qo'ng'iroq
Olisdasiz mendan xo'p yiroq
Xayolimda yashaysiz biroq
Ado qildi sizni O'ylamoq
Xa deb yuragimni qiynamoq
So'nggi diydor so'nggi qo'ng'iroq...
Ⓜ️ Xudoyberdi To'ychiyev
Поделиться: