Регистрация
Меню сайта
Статистика
  • 0

    Xudoyberdi To'ychiyev - Otamga Mashina Mindiray (Qo'shiq Matni)

    Автор: Xudoyberdiкатегория: SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАРдата: 12.08.2020
    Baxtni ham boqmoqqa ko'ndiray
    Kamlarin barchasin to'ldiray
    Ollohim menga ham boylik ber
    Otamga mashina mindiray

    Yo'llarda oyog'i tolmasin
    Yuklari yerlarda qolmasin
    Mehmonga piyoda bormasin
    Otamga mashina mindiray

    Yo'qdan ham amallab yo'ndiray
    Ko'zlarin quvonchdan kuldiray
    Farzandlik burchimni bildiray
    Otamga mashina mindiray

    Qarzimni qaytaray ertaroq
    Yoshlanmay turibon ko'z qaroq
    Yaqinga aylansin deb yiroq
    Otamga mashina mindiray

    Kunimga yaraydi shu inson
    Qarzlarim ko'p hali bir jahon
    Qaydandir axtarib bir imkon
    Otamga mashina mindiray

    Shaytonga dilimni yor qilmay
    Nomardga qadrimni xor qilmay
    O'tayin mashina men minmay
    Otamga mashina mindiray

    Men deb umrin hasrat g'amga
    Baxshida etgan odamga
    Otamga avval otamga
    Otamga mashina mindiray

    Qalbbog'da gullarni undiray
    Armonin birma bir o'ldiray
    Qudratning orzusi shu do'stlar
    Otamga mashina mindiray

    Xudodan so'rarman yolvorib
    Sog' bo'lsin baxtimga ilohim.
    Onam ham yonida quvonib
    Otamga mashina mindiray

    Xudoyberdi der faqat
    Qalbimda oliy maqsad
    Men deb kechirgin zahmat
    Otamga mashina mindiray.

    Теги: Xudoyberdi To'ychiyev, Otamga mashina mindiray