Реклама
Новый песни и популярные музыка !
Место для вашей рекламы !
Место для вашей рекламы !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Афоризмлар
Xabarchi chumoli
Дата: 25.04.2022, 00:00

Zamira IBROHIMOVA bolalarni juda yaxshi ko‘radi. Adibaning “Ko‘chaning fayzi” nomli yangi hikoya va ertaklar to‘plami o‘ziga xos qiziqarli voqealarga boyligi, bolalar olami, ularning orzu-istaklari, jonzotlar hayoti, tabiat ajoyibotlari haqida hikoya qiladi. Quyida taqdim etilayotgan chumolilar haqidagi hikoyani o‘qib chiqqach, yozuvchining kitobini izlab qolishingizga ishonamiz.



Xabarchi chumoli

Abdusamadlar yashaydigan ko‘p qavatli uyning orqa tomonida kichikroq oziq-ovqat do‘koni bor. Bir kuni Abdusamad opasi Hidoyatbonu bilan do‘kondan shirin kulcha olib kelayotgan edi, yo‘lak chetida yolg‘iz aylanib yurgan chumolini ko‘rib qoldi.

– Voy opa, qarang bitta chumoli adashib qolibdi, – dedi hayajonlanib.

Opasi cho‘kkalab o‘tirdi va chumoliga sinchkovlik bilan qaradi.

– Bu chumoli adashmagan, uni ko‘rganman, shu atrofda yashaydi, – dedi ishonch bilan. – Menimcha, oyisi bilan adasi mehmonga ketishgan. Uni bo‘lsa olib ketishmagan. Xafaligini qaragin.

– To‘g‘ri aytyapsiz, u juda xafaga o‘xshaydi, – opasining gapini ma’qulladi Abdusamad.

– Kel, unga shirin kulcha berib xursand qilamiz, – dedi xayoliga kelgan fikrdan quvonib opasi.

Abdusamad ham quvonib ketdi. Shosha-pisha yelim xaltadagi shirin kulchadan kichik bir bo‘lak ushatib, chumolining yoniga qo‘ydi:

– Chumoli, ol, ye! – dedi nihoyatda muloyim, mehrli ohangda.

– Xafa bo‘lma, biz seni shirin kulcha bilan mehmon qilamiz, tortinma, olaqol, – dedi Hidoyatbonu va yana bir bo‘lak shirin kulchani chumolining yoniga qo‘ydi.

Chumoli kulcha bo‘lagi yonida bir zum to‘xtab qoldi. Uni hidladi, ammo tatib ham ko‘rmay, orqasiga o‘girilib ildam yurib ketdi. Bolalar hayron bo‘lib, uning harakatlarini kuzatishdi. Chumoli uyasiga yetib borib, dum-dumaloq qilib o‘yilgan teshikchadan ichkariga kirib ketdi. Zum o‘tmay teshikchadan birin-ketin chumolilar chiqib kela boshladi.

– Voy, qara chumolilar uyida ekan. Anuv chumoli ularga xabar berganga o‘xshaydi. Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, o‘n bir... – opa-uka sanoqdan adashib ketishdi.

Tashqariga chiqqan chumolilar qayerga borishni bilolmay, dovdirab, oldinga, orqaga, chapga, o‘ngga qarab yurishdi, yugurishdi, yana to‘pga qaytishdi. So‘ngra “xabarchi chumoli” aniq manzilni ko‘rsatdi shekilli, ular bir qator safga tizilib, ishonch bilan shirin kulcha bo‘lagi tomon yo‘l olishdi. Chumolilar manzilga yetishlari bilan, vaqtni o‘tkazmay qizg‘in ish boshlanib ketdi. Har bir chumoli katta bo‘lakdan kichik uvoqni uzib olib uyasi tomon g‘izillab ketdi. Ular shunday uyushqoqlik bilan, bir tan, bir jon bo‘lib mehnat qildilarki, xiyol fursat o‘tmay shirin kulchadan nom-nishon qolmadi. Chumolilar galasi ham uyasiga kirib, g‘oyib bo‘lishdi.

Opa-uka cho‘kkalab o‘tirganicha, chu­molilarning harakatini xuddi jonli multfilm ko‘rayotgandek, hayrat bilan tomosha qildi. Ko‘rgan voqealaridan qattiq ta’sirlandi.

– Opa, chumolilar zo‘r ekan-a! Keling, ularga tag‘in shirin kulcha beraylik, uyidan yana chiqsin, – dedi Abdusamad.

– Yo‘q, qolgan shirin kulchalarni uyga olib boramiz. Adamni, oyimni, akamni, opamni mehmon qilamiz, – dedi Hidoyatbonu jiddiylik bilan.

Abdusamad chumolilar uyasiga tikilganicha o‘ylanib qoldi, so‘ngra:

– Hali chumolilarni ko‘rgani yana kelamiz-a? – dedi.

– Albatta kelamiz. Ularni shirin kulchalar bilan siylaymiz. Endi yuraqol, oyim xavotir olayotgandirlar, – dedi Hidoyatbonu.

Opa-uka qo‘l ushlashib, o‘ynoqlagancha uylari tomon chopib ketishdi.

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 71
Категория
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [1462]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [628]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [93]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [52]
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [53]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [59]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [28]
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari [44]
1 Aprel sms hazillar [10]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [60]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [115]
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе [40]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [2]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [9]
SMS FOTO / СМС ФОТО [5]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [100]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [17]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [29]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [21]
SMS SPORT / СМС СПОРТ [2]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [19]
SMS VATAN [38]
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR [81]
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки [14]
Афоризмлар [13]
Стихи о любви [54]
Смс признания [6]
Статистика
Всего на сайте: 2
Гостей: 2
Пользователи: 0