Меню сайта

Главная

Музыки

Фильмы


СМС

Саундтрек

Онлайн
Поиск по сайту

Реклама
  REKLAMA UCHUN BO'SH JOY
VATANIMIZ IFTIXORLARI - ALISHER MUQUMOV
VATANIMNING IFTIXORLARI 

Bugun yuraklarda o'zgacha surur, 
Bugun shodliklarning cheki yo'q aslo. 
Ermatov tufayli yana bir bora, 
Buyukligimizni tan oldi dunyo. 

To ki shunday sodiq o'g'lonlaring bor, 
Barcha tilda faqat shodlik payg'omi. 
Futbol olamida baland ovoz-la, 
Yangramoqda endi o'zbekning nomi. 

Yurtim, shaxmatda ham o'zding barchadan, 
Demak mehnat aslo bo'lmas besamar. 
Ko'ngillarga cheksiz shodlik baxsh etdi, 
Kavala shahridan kelgan xushxabar. 

Xudodan so'rayman har subhu har shom, 
Qo'llasin o'zbekning mard o'g'lonlarin. 
Javohir, Islombek Sindorovlarga, 
Bugun faxr bilan deyman ofarin! 

Shodligim, g'ururim, baxtimsan mening, 
Tinchlik hukm surgan ey go'zal maskan. 
Sening osmono'par binolaringga 
Qaniydi men ham bir g'isht qo'shsam, Vatan. 

/Muallif: Alisher Muqumov/

Поделиться:

Метки: MUQUMOV, Alisher, VATANIMIZ, IFTIXORLARI | Ko'rildi: 900
Категория
Статистика
Всего на сайте: 12
Гостей: 12
Пользователи: 0

Яндекс.Метрика