Реклама
Новый песни и популярные музыка !
Место для вашей рекламы !
Место для вашей рекламы !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Афоризмлар
Vaʼda
Дата: 24.04.2022, 23:55

Anvarning matematika faniga xushi yo‘qroq. Yozma ish o‘tkaziladigan bo‘lsa, bir parcha qog‘ozga “Men sening do‘stingman” deb yozib bilimdonlarga jo‘natadi. O‘tgan safar daftari uyda qolib ketgani uchun dars oxirigacha tik oyoqda turdi. Dars so‘nggida “Ustoz, uy vazifasini keyingi safar, albatta, bajarib kelaman, “o‘g‘il bola gap”, deb so‘z berdi.

Mana bugun sinfga kirdi-yu, birinchi soat matematika fani ekanligi yodiga tushdi.

– Jamshid, daftaringni berib tur, – dedi eshikdan kirib kelayotgan o‘qituvchini ko‘rib.

Jamshid o‘ng‘aysizlandi, lekin daftarini uzatmadi.

– Do‘stim bo‘lsang, berasan, – dedi sekin pichirlab.

Anvar noiloj uzatilgan daftarni oldi-da, masalasini yozishga tutindi.

– Bugun uy va­zifani tekshirishni Anvardan boshlaymiz. O‘tgan safar “ikki”ni nasiya qilgan edik. Qani, Yunusov, yozuv taxtasida ishlab ko‘rsat-chi? – deya o‘qituvchi Anvarni chaqirib qolsa bo‘ladimi.

Uy vazifasini ko‘chirishga endigina chog‘langan Anvar shoshib qoldi. O‘tgan safar “o‘g‘il bola gap”ini qo‘shib qasam ichgani yodiga tushdi. Nima qilish kerak? Xayoliga kelgan “ajoyib g‘oya”dan sevinib, Jamshidning usti oppoq qog‘oz bilan o‘ralgan daftar muqovasini yechdi-da, o‘zinikini uning daftariga kirgazdi. Balki siz ishonmassiz, tayyor yechilgan masalaning javobini yozuv taxtasiga yozguncha qo‘li qaltiradi, peshonasini ter bosdi.

– Qoyil, to‘g‘ri ishlabsan, – dedi o‘qituvchi uning yozganlariga ko‘z yugurtirar ekan, – lekin mana bu 87 raqamini qayerdan olganingga hech tushunmayapman. Shuni aytsang, “besh” baho seniki.

Anvar yozganlariga qarab o‘qituvchining savoliga javob topishga tirishar, lekin raqam qaysi qo‘shilmadan hosil bo‘lganini anglolmasdi. O‘qituvchi Rustam aka parta oralab o‘quvchilarning uy vazifalarini tek­shirar ekan, daftarini “unutgan” Jamshidni turg‘azib qo‘ydi-da, ishida davom etdi. Anvar o‘tiradigan parta oldida biroz to‘xtadi. Parta ustida Jamshidning ismi yozilgan muqovani ko‘rgan ustoz hammasini tushungan edi.

– Jamshid, daftaring uyda qolib ketgan bo‘lsa ham, agar masalani yechgan bo‘lsang, 87 raqami qayerdan kelganini do‘stingga tushuntirib berarsan? Agar tushuntirsang, ikkingizning bahoingiz ham “besh”, – dedi.

Jamshid yozuv taxtasi oldiga keldi va Anvar uzatgan bo‘rni oldi. Avval 9 tonna yoqilg‘ini 5 ga ko‘paytirdi. So‘ng to‘qqizni o‘n ikkiga ko‘paytirib, chiqqan sondan qirq beshni ayirdi. So‘ng 87 raqamini besh xonali sonlarga qo‘shdi. Sinf suv quygandek jim-jit edi. Hamma Jamshidning ketma-ket yozayotgan raqamlaridan ko‘zini uzmasdi.

– Barakalla, Jamshid. O‘rtog‘ing “besh” olishi uchun juda harakat qilding. Kundaligingizni olib keling.

Rustam aka va’dasida turib, ikkoviga ham “besh” qo‘yib berdi. Anvarning qo‘lidagi daftarga baho qo‘yar ekan, avvalgi sanalarga qo‘ygan baholarini ko‘rsatib unga ishora qildi. “Mana shunday yaxshi o‘qish kerak”, – dedi sekingina shivirlab. So‘ng sinfga yuzlanib:

– Daftaringizga sana yozishdan avval muqovalarini ko‘zdan kechirib qo‘ying. Yana adashib do‘stingizning daftariga yozib qo‘ymang, – deya ta’kidlagan bo‘ldi.

Ustozning bu gaplarini Jamshid bilan yuzlari uyatdan qizargan Anvardan boshqa hech kim tushunmadi.



Gulchehra AKROMOVA,

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 73
Категория
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [1462]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [628]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [93]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [52]
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [53]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [59]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [28]
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari [44]
1 Aprel sms hazillar [10]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [60]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [115]
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе [40]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [2]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [9]
SMS FOTO / СМС ФОТО [5]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [100]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [17]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [29]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [21]
SMS SPORT / СМС СПОРТ [2]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [19]
SMS VATAN [38]
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR [81]
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки [14]
Афоризмлар [13]
Стихи о любви [54]
Смс признания [6]
Статистика
Всего на сайте: 2
Гостей: 2
Пользователи: 0