Tol tagida qizlar uchar arg’amchi
Shodligu sho'xliklari osmonga yetar
Ishonmang ularning bari aldamchi
Bir ko’rinish berib so'ng ko'rinmay ketar
Yurmang chang ko'rasin axtarib netib
Ular ko’klamgi chaqmoq, chaqqanga o’xshar
Shivir-shivirlar borar kulokka yetib
Yolgonchi kizning tuyi yakinga uxshar
Gar yolgonchi kizning tuyi rost bulsa
Tor chang kuchasin kezib netaman
Qishlok qizlarin fe’li shunga hos bo'lsa
Bu qishloqdan boshim olib ketaman
Gar rassom bo'lsaydim bir kaftimga ul
Tol bargak taqqan qizni chizib olardim
Xayolan kaftlariga asta qo’yib qo’l
Hatto poyiga tiz chukib qolardim
Поделиться: