Sog'intirgin, shunday sog'insin,
To'lib ketsin dilda pushaymonlari.
Lan'atlasin, qarg'asin yonib,
Mensiz o'tayotgan lahza, onlarin.
O'kinch qilsin, o'rtansin yomon,
Oy eshitsin har kun nolishin.
Sassiz yig'lab chiqsin tonggacha,
Bilsin Xudo, yana bolishi.
Ko'chalarni kezsin telbavor,
Meni izlab, o'zni qoralab.
Mijjalari mo'l-mo'l namlansin,
Sur'atimga bosganida lab.
Bahorida kuzaklar yonsin,
Guloblari tuyulsin taxir.
Bilib qo'ysin,
Bilsinda u-siz,
Shunday yashab yuribman, axir!
Поделиться: