0

Sog'inchni o'ldirar sening tashrifing,

Kelma!
Sog'inchni o'ldirar sening tashrifing,
Diydorga to'yishdan qo'rqaman, kelma.

Kelma!
Hijronning ovchisi bo'lgan visolga,
O'ljasin berishdan qo'rqaman, kelma.

Kelma!
Tug'ilmagan she'rlar tug'ilsin hali,
Uvolga qolishdan qo'rqaman, kelma.

Kelma!
Bir olam baxt bilan kelarsan, kelsang,
Men baxtli bo'lishdan qo'rqaman, kelma.

Kelma!
Mana shu dard bilan, gulim, tirikman,
Davodan o'lishdan qo'rqaman, kelma.

Теги: Sog'inchni, Sening, tashrifing, o'ldirar