Siz xam meni sog'inasizmi,
Sokin tunda hayol ketganda.
Sohil uzra shamol kezganda,
Muxabbatdan so'z ochilganda.
Siz xam meni sog'inasizmi..?
Eeslab shirin o'tgan lahzalar.
Qumsarmisiz ayting mexrimni Sog'inganim eslab bir bora,
Ko'rgaymisiz nogox chexramni,
Men xam sizni sog'inganimday,
Siz xam meni sog'inasizmi..?
Quyosh axyon mayus botganda,
Eslarmisiz g'amgin ko'zlarim.
Yomg'ir tinmay yig'lab yoqqanda,
Eslarmisiz oqqan yoshlarim.
Men xam sizni sog'inganimday.
Siz xam meni sog'inasizmi..?
Tushlarimda yuqlab bir bora, Kelsaydingiz qaytin azizim. Sog'inganim bilsaydiz zora, Yuqlarmisiz aytin azizim.
Men xam sizni sog'inganimday,
Siz xam meni sog'inasizmi..?
Odamlardan olis ketsangiz, Yolg'izlikni istab qolsangiz, Qalbingizdan izlab qolsangiz, Yig'larmisiz mexrim sog'inib.
Men xam sizni sog'inganimday.
Siz xam meni sog'inasizmi..?
Поделиться: