Меню сайта

Главная

Музыки

Фильмы


СМС

Саундтрек

Онлайн
Поиск по сайту

Реклама
  REKLAMA UCHUN BO'SH JOY
Shunda ham men sizni sevaveraman...!
Bugun yana oldim qo'limga qalam, 
Siz uchun sherlarim yozaveraman.
Sevmasligingiz menga qilsada a'lam,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Ko'rib qolsam sizni uzoqdan nogox, 
Telbadek tikilib turaveraman. 
Gar sizni sevishim bo'lsada gunox,
Shunda ham men sizni sevaveraman. 

Mayli meni do'st deb, o'zgani suying, 
Netay dilim kuyib yuraveraman. 
O'zgani ishqida bir umr kuying, 
Shunda ham men sizni sevaveraman. 

Sevganim bor deb aldamang zinxor, 
Rashk o'tida doim yonaverman. 
Bilaman ko'nglizda o'zga yor bor, 
Shunda ham men sizni sevaveraman. 

Bugun tan beraman o'zim sabrimga, 
Sizni kutib, sabrla yashayveraman. 
Mayli xecham yetmang mening qadrimga, 
Shunda ham men sizni sevaveraman...!
 

Поделиться:

Метки: Men, Shunda, sevaveraman...!, sizni, Ham | Ko'rildi: 1028
Категория
Статистика
Всего на сайте: 18
Гостей: 18
Пользователи: 0

Яндекс.Метрика