Регистрация
Меню сайта
Статистика
  • 0

    Seni Sevaman.

    Автор: Ruslanbekкатегория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАРдата: 19.02.2020
    Seni sevaman !

    Oh meni farishtam,ko'zlari qoram,
    Nigohi rom etgan,lablari g'uncham,
    Barcha qizdan a'lo,yakka yagonam,
    Seni sevadurman,seni sevaman!

    Chiroylik ko'zlaring,go'zaldur yuzing,
    Nigohing rom etdi,rom etti ko'zing,
    Yagona keragim,keragim o'zing,
    Men seni sevaman,seni sevaman !

    Ey go'zal farishtam kelaqol,gulim,
    O'zgaga bermasman,men seni hurim,
    O'zing bo'l malikam,yonimda yorim,
    Men seni sevaman,Seni sevaman !

    Vafo qil go'zalim,vafodor bo'lay,
    Umrim so'ngigacha,kel bahtli qilay,
    Yonimda bo'l doim,yoningda bo'lay,
    Senga devonaman,Seni sevaman !

    Mening bittaginam,yakka yagonam,
    Faqat sen uchundur,qalbdagi honam,
    Asragan gulimsan,ey mening lolam,
    Men seni sevaman,seni sevaman!

    Sening Majnuningman,laylim deb atay,
    Mening bittaginam,jonim deb atay,
    Hech qizga aytmagan so'zimni aytay,
    Men seni sevaman,seni sevaman!

    Теги: Sms She'rlar