Sen bor muhabbatning kengliklarida,
Tonglarni kutmasman ilhaq umidvor.
Axir yashab turib baxtning bag'rida,
Baxtni izlamoqqa nima hojat bor.
Sen bor....
Taqdir degan tushimning òngi,
Sìnov chaqmog'idan yongan kamalak.
Iztirob yòg'rilgan kunimning sòngi,
Hayotga aylangan sehrli ertak.
Sen bor...
Baxtiyorman ishqdan sarxushman,
Armon xotiridan manguga òchdim.
Endi hijron menga yuz kòrmas dushman,
Yetim dunyolarning bahridan kechdim.
Sen bor...
Yashayapman baxtning bag'rida,
Quyoshni bag'rimga bosib shod masrur.
Taqdirning rostligi bari bariga,
Senga uchrashtirgan Allohga shukur!!!
Поделиться: