Nimadir yetmaydi insonga hamisha,
Ozga qoniqmaydi, kõpga intilar.
Jasorati cheksiz, doimo tashna. Yerga siĝmaganday, kökka intilar.
Shu inson bolasi jindak ranjisa-chi,
Yo sözda yetmasa nafis malohat.
Biron nohaqlikdan, biron sovuqlikdan
Yuragiga tushsa jarohat.
Biron sabab bilan jonidan töyib,
Umidsizlik solganda soya,
Bunday paytda köp kerak emas,
Bir shirin söz unga kifoya.
Поделиться: