Nega sevdim sizni bilmadim
Quvonardim sizni ko'rgan chog'
Lekin sira sir boy bermadim
To'siq bo'ldi "g'urur" degan tog'...
Tillarimga zanjirlar solib
Hayo bo'ldi sodiq qo'riqchim.
Hayo libosiga burkanib
Faqat ko'zlar bo'lardi elchim.
Elchilarim termulib sizga
Qalbim nolasini aytardi.
Baxtli edim ilsangiz ko'zga
Bir bor qarasangiz yetardi...
G'urur tog'i balandda juda
Chiqay desam aqlim ko'nmaydi.
Yurak talpinganing behuda
Baland tog'dan oshib bo'lmaydi.
Tillarim ham aqlim ham ojiz
Yuragimga berolmas yordam
Elchi bo'lib ko"zlarim yolg'iz
Qon yurakka bo'ldilar malham.
Sizni ko'rsa yashnagan dildan
Yuragimni anglamadingiz.
Ginalashim noo'rin sizdan
Axir tog'ning orqasidasiz....
Поделиться: