Mening ko'nglim sherlar toplami
Mening ko'nglim sherlar toplami Men va tun Sokin tun Sokin tun Nega dunyo dun Kunga boq Kun beorom Yig’layman yum-yum Men ezgulik farzandi Edimku butun Bir soddadil ko’nglimla G’amliman nechun Oshig’im Oshig’im G’am chekma bukun Asli dilingdagi dard Har nedan ustun Dardsizlar yig’lasin Sen kulib yurgin Baxt imon bilandur Bedard bebaxtdur Bir haqiqat Yo’qlik paytim pisand etmadilar Borlik paytim uyat etmadilar Qo’llarin cho’zdilar , o’zni tortmadim Himmatim hamdam lek , nazar etmadim Beandisha yerlardan ketganim bo’lsin Nigohim tashlamay o’tganim bo’lsin Ota ona tarbiyasi Ota ona farzandiga bersa ezgu tarbiyat Saxroda xam ko’karur el , gullab yashnar jamiyat Avvaliga qaytmas kishi , yo’lin mudom yoritsa Go’zallika oshnolikdan , baxtga do’st odamiyat Munofiq kim Munofiq kim , munofiq xam ojiz banda Shodu –xurram bo’lsang senla qilar xanda Nochor bo’lsang yordamin xo’p qilar va lek Xato qilsang el ichra etar sharmanda Munofiqlarning oqibati Avval shirin so’zlar aytib keldilar So’ng ko’zlarin mushuknikidek nochor etdilar Ishlari bitib eshaklari suvdan o’tganda O’zlarin mag’rur tutib tonib ketdilar Quyosh misol Quyoshday uyg’onib tug’ilding , kelding Olam nima erur anglading , ko’rding Umring obodlab pok imoning bilan Quyoshday botding , baxtlisan yutding Xayot O’zligimga yetishtir imonim bilan Imonimga vafodor vijdonim bilan Mayli bu yo’lda jonim olaqol Faqat iltimosim tezroq bo’laqol Nodira Nodirajon , nodira Ey hurdan xam bokira Ko’ngil qo’ydim men senga Nima deysan sen menga Faqat seni ko’rdim ravo o’zimga Kimligim jo qilgum ushbu so’zimga Sen ibo bekasi , men sendan uyatdil Qalbim bir dengizdur , duri ko’zimda Ikkimizga bitta baxt bo’lib bo’lmaydi Siz uyon , men buyon ketib bo’lmaydi Bir butun qalb shuki ikkiga bo’lsang Avvaliga qaytmaguncha qalb deb bo’lmaydi Sizni tanlaganim nafsdan kechganimdur Ey pokizadil hurim Ikki ko’zimda nurim Sizsiz o’tyapti umrim Nozim axtargan gulim Sizsiz go’zaldan go’zal Menchi ishqizda kasal Yozdim tentirab g’azal Dilimga o’xshash dilim Hilol yuz ,malak sifat Ko’nglim suygan shu jihat Ko’p xam kuydirmang faqat Firoqni suymas ko’nglim Otash ishqdan dil yonar Ko’nglim baxordek uyg’onar Ko’ksim darddan to’lg’onar Buncha bo’lmasam so’lg’in Sevishga yo’qdir holim Sevib bo’lmayman olim Mexrim shunday berayki Baxtdan porlang guloyim Muhabbatjon Muhabbatjon , muhabbat Maftuningman to abad Seni sevgayman faqat Muhabbatjon , muhabbat Baxor buluti kelar Menga qo’shilib yig’lar Esimda o’shal kezlar Muhabbatjon , muhabbat Quvonch yo’q dil so’zimga Kelolmayman o’zimga Ma’no yo’q qish , yozimga Muhabbatjon , muhabbat Fursat g’animat yelar G’animatmiz u bilar Sensiz Nozim xam o’lar Muhabbatjon , muhabbat Yolg’iz ketsam men agar Bil ruhim notinch kezar Sen deb jannatdan kelar Muhabbatjon , muhabbat Yoningizga o’zimni topib kelaman Men xali o’zimni topib kelaman Shunda siz kutgan Nozim bo’laman Bilaman ey hurim , gulim bilaman Axir o’zligimsiz men xam so’laman Ustozim xayot Xayot ey beshavqat ustozim mening Sabog’ing olyapman xar kuyda sening Ilonning zaxridan jon bergan o’zing Bulbulning kuyidan jon olgan o’zing Xayot biror shafqat qilmading menga Men o’zni topmaguncha urding beayov Mana bugun qaddim tik , baxtdan mamnunman Seningdek do’stim bor , men xam mag’rurman Zulmatda nur qidir degan o’zingsan Quyoshday ufqqa botgan o’zingsan Gohi mendan kech , gohi oldin uyg’onib Yo’limda kutib turgan xam o’zingsan Baxorim Baxorim ochdi gulchiroy Gulshan aro noz aylar bir oy Vasliga chorlar o’zi Borsam sarobdek gul yuzi Bog’ u ro’g’lar chaman lolalar Quvalashib o’ynar bolalar Jannat xidi bo’yim oralar Hurlar baxtimdan nishonalar Ko’nglim ko’rki baxor u bo’ston Izlaganim bag’ri guliston Vatanim gul himmati osmon Mexribonim hur O’zbekiston Jo’shib sayrar novdada bulbul Hayajondan titraydi bedil Oshig’i ul lola yanoq gul Baxtidan har kishi mamnun G’animim Ey g’anim , to’sma yo’lim , ikki qo’lim boshingdadur Jaxlim chiqsa osmon seli abadiy ko’zyoshingdadur Men ezgulik yo’lin istab yo’lga chiqqan bir yigit Do’stim bo’lsang muxaxxaxkim quvonching qoshingdadur Munofiq bo’lma chunkim , haqiqat erur yo’lim Ezgulik bo’lmish daraxtman , suvsizlik bermas o’lim Kamoling de , kamolingni tilaydi ikki qo’lim Sen yer o’psang men poyingdan topajakdurman qo’nim
Поделиться: