Men sizni so'radim olis yulduzdan
U meni tinglaydi javob bermaydi
So'rasam bog'dagi qizil bir guldan
U meni tinglaydi sevma demaydi
Men sizni sevdim qizil gul kuldi
Men sizni dedim qizil gul kuldi
Men sizni deb yondim qizil gul kuldi
Siz o'zga deganda asta to'kildi
Yomg'ir yog'di kuz kirib kelgach
Yuragim yuvildi kuz kirib kelgach
Hech o'zgarmadiz kuz kirib kelgach
Men esa sochimga oqlar tushirdim
Hayot davom etdi siz kulib o'tdiz
Bir kulganizda o'n bora yondim
Sezmadinggiz o'tdiz o'taverdinggiz
Men esa yondim ko'p yonaverdim
Qish kirib keldi o'chirmadi dardimni
Kechirmadi muhabbatga solgan ko'nglimni
Qadrim sinaverdi sinaverdi qadrim
Siz esa bermadiz mening baxtimni
Balki o'zga tilda yomondirman
Quyoshga ergashgan somondirman
Baxtning ortidagi gumondirman
Siz sevib qolasiz qachondir bilmay
Mehribon bilaman yomon ko'rasiz
Har bir so'zimni achchiq bilasiz
Siz meni sevmaysiz qachon sevasiz
Bahor kirib keldi siz esa jimsiz
Shahzod sizni sevdi qizil gul kuldi
Shahzod sizni dedi qizil gul kuldi
Shahzod sizni deb yondi qizil gul kuldi
Siz o'zga deganda asta to'kildi
SHAHZODBEK QAHRAMONIVICH
Поделиться: