Меню сайта

Главная

Музыки

Фильмы


СМС

Саундтрек

Онлайн
Поиск по сайту

Реклама
Maktab davri manalog o'qishga sher 2017
To'qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun. 

Endi xayot darsxonangiz bo'lar, 

Maktabda chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq bu kun. 

Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang, 

Balki bezor bo'lgandirsiz darslardan xatto. 

Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang, 

Lekin o'tgan maktab davrin unutmang aslo! 

Axir oson bo'lmagandir 9 yil kutmoq, 

Bekor sarf bo'lmagandir 9 yil umr. 

Oson bo'lmas ustozlarning etagin tutmoq, 

Barchasining o'z gashti bor, qilingiz sabr. 

Balki sizga unut bo'lgan, eslarsiz balki, 

Shu dargoxga qadam qo'ygan jajji qizaloq, 

Yo bolakay edingizlar, quvonchga to'lib 

Kutgandinglar chalinishin ilk qo'ng'iroq. 

Alifboni tanimagan sofdil qizaloq 

Katta bo'lib onasiga berar maslaxat. 

Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq 

Bugun endi o'zimizga qilar nasixat. 

9 yilda 9 mingta quvonchu -tashvish: 

Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat. 

Sinfdoshlik bog'i ichra ochildi do'stlik, 

Kimlargadir nasib bo'ldi sof bir muxabbat. 

Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini, 

Vazifani ko'chirmoqqa bo'lmaydi imkon. 

Kundalikka qo'yilmaydi "2" baxolar, 

Biling endi, xatolarni kechirmas zamon. 

Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi partadosh, 

Endi sirdosh bo'lolmassiz, unutmang biroq: 

Do'stlaringiz bir umrga bo'lar yelkadosh, 

Do'stlik uchun chalinmaydi so'nggi qung'iroq. 


Поделиться:

Метки: 2017, sher, davri, maktab, O'qishga, manalog | Ko'rildi: 1056
Категория
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [1462]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [628]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [93]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [52]
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [53]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [59]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [28]
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari [44]
1 Aprel sms hazillar [10]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [60]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [115]
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе [40]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [2]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [9]
SMS FOTO / СМС ФОТО [5]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [100]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [17]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [29]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [21]
SMS SPORT / СМС СПОРТ [2]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [19]
SMS VATAN [38]
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR [81]
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки [14]
Афоризмлар [13]
Стихи о любви [54]
Смс признания [6]
Статистика
Всего на сайте: 2
Гостей: 2
Пользователи: 0

Яндекс.Метрика