Loaqqal bir marta ortingga
Qayrilmading qoyil, qoyilman.
Axir jonim, men ham sen kabi
Xatolar qilishga moyilman.
Tag'in, mayli yaxshi qol, deysan.
Jondan o'tar yana achchig'ing
Ketay mayli, lekin, qayerga
Qarorgohim- qorachiqlaring.
Pinak buzmay ketayotgan sen.
Qolganmi yo, ketgan mardmikan?
Abgor qolgan men-ku, yo tavba
Ko'zlarimga yig'lash shartmikin...
Ko'zlarimga yig'lash shartmikin...
Поделиться: