Jim ketding so'zlarim tinglamay,
Beqiyos mexrimni anglamay.
Bir lahza g'ururing o'ylamay-
Kelasan yonimga kelasan...
Egilib mag'rur bu boshlaring,
Bir kuni qadrimni bilasan.
Yuzlaring yuvganda yoshlaring-
Kelasan, yonimga kelasan...
Gulyuzlaring siypalab hijron,
Mayin soching silaydi armon.
Ishq dardiga topolmay darmon-
Kelasan, yonimga kelasan...
Ko'changdan topolmay izlarim,
Ko'chamda shamoldek yelasan.
Sog'inib ishq to'la ko'zlarim-
Kelasan, yonimga kelasan...
Termulib biz yurgan yo'llarga,
Xazondek sarg'aygan gullarga.
Xar kuning tuyilib yillarga-
Kelasan, yonimga kelasan...
Sezganday o'z qilgan aybingni,
Anduhlar egallab qalbingni.
Aytolmay hech kimga dardingni-
Kelasan, yonimga kelasan...
Dardlaring sig'may tor yurakka,
Tilasan, bag'ringni tilasan.
Faryoding yetguday falakka-
Kelasan, yonimga kelasan...
Ayriliq onlarin cho'zolmay,
Muhabbat qasrini buzolmay.
Jasurdan ko'nglingni uzolmay-
Kelasan, yonimga kelasan...
Jasur RAHMON
Поделиться: