0

Kecha juda baxtli edim,

Kecha juda baxtli edim,
Nima böldi, menga bugun?
Kecha sochim daryo edi,
Bugun esa dilday tugun!

Kecha osmon, osmon edi,
Bugun esa yomg'ir, bulut.
Kecha umr, umr edi,
Bugun esa tushday unut.

Kecha köngil butun edi,
Bugun chil-chil böldi nogoh.
Nahot, bir söz qilich böldi,
Yashamoqqa yöqdir panoh.

Kecha men ham tirik edim,
Bugun esa bir xarsangtosh.
Odam edim, odam edim,
Bugun yonib böldim quyosh!

Теги: Kecha, Baxtli, JUDA, edim