Kecha birga edik, qo'limdan tutib,
Baxt sari yetaklab borarding asta.
Xijronda toblangan so'zni unutib,
Sendan ketolmasdim, men dili xasta.
G'arq bo'ldim mehribon shavqatlaringga,
Sayyorga aylandim, samoni kezdim,
Go'zal hissiyoting, isbotlaringga,
Ikki dil chirmashib ketganin sezdim.
Bugun yana yo‘qsan,
Yana olisdan seni sog‘inishda o‘tmoqda umrim.
Sarmast bo‘lib yana bir kunlik baxtdan,
Vaslinga bahshida etaman borim.
Поделиться: