Jannatan bir sado kelar bu kunda,
Nomozxonlar savob yig'ar shu kunda,
Farishtalar to'lar osmpn-u falak,
Ming kundan azizroq Hayit ayyom Muborak.
Shafaqning qo'ynida yashiringan oq,
"Go'zal tong otdi!" deb bergandek darak.
Buyuk e'tiqodning ramzi o'laroq,
Hayit ayyomingiz bo'lsin muborak!
Dunyoda bayramlar to'lib yotibdi,
Ularning asli bir cho'pchak yo ertak,
Bugun hatto quyosh go'zal o'tibdi!
Hayit ayyomingiz bo'lsin muborak!
Dunyo muhabbatin o'zga joylagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rasululloh sevib bayram aylagan
Hayit ayyomingiz bo'lsin muborak!
Doimo yorug' bo'lsin hayot yo'lingiz
Omad sizga yor bo'lsin bo'lmasin armoningiz.
Sizga dunyodagi eng ezgu tilak
Xayit ayomiz bo'lsin muborak!!!