Реклама
Новый песни и популярные музыка !
Место для вашей рекламы !
Место для вашей рекламы !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Афоризмлар
Itning egasi kim?
Дата: 24.04.2022, 23:59

Kolya bilan Vanya ko‘chada egasiz yurgan katta, qop-qora itni ko‘rib qolishdi. Itning o‘ng oyog‘i yaralangan, ko‘zlaridan joni qattiq og‘riyotgani sezilib turardi. Bolalar uning yoniga borib, boshini silashdi, oyog‘iga qarab achinishdi va unga bir joy topib g‘amxo‘rlik qilishga kelishib olishdi. Ikki o‘rtoq kundan-kunga tetiklashib, tuzalayotgan itga Juk deb nom qo‘yishdi.

Juk butunlay sog‘ayib, o‘yinqaroq bo‘lib qoldi. Unga o‘rganib qolgan ikki o‘rtoq Jukni o‘z-o‘ziniki bo‘lishini xohlardi. Ular har kuni Jukning haqiqiy egasi kim bo‘lishi haqida tortishar, bu tortishuv esa ko‘pincha janjal bilan tugardi.

Bir kuni bolalar Jukni yetaklab sayrga chiqishdi. Juk avval bolalarning atrofida aylandi. Keyin esa oldinga, o‘rmonga qarab yugurdi. Shu payt bolalar yana tortishib qolishdi.

– Juk meniki! Esingdami uni men birinchi ko‘rgan edim, esingdami?! Demak, u meniki! – dedi Kolya.

– Yo‘q, meniki, – dedi jahl bi­lan Vanya. – Sen ko‘rgan bo‘lsang, ko‘rgandirsan. Ammo men uni lat yegan oyog‘iga malham qo‘yib bog‘ladim, tu­zalishiga yordam berdim...

Bolalar hamon tortishishar, bir-biriga aslo yon bergisi kelmasdi.

– Meniki!

– Meniki, – baqirishardi ikkovi ham.

Ularning shovqini o‘rmonni tutib ketdi. Shu payt to‘satdan o‘rmonchining hovlisidan ikkita bahaybat zotdor it yugurib chiqib Jukka yopishdi-da, yerga yiqitdi...

Vanya chaqqonlik bilan daraxtga tirmashib chiqar ekan, Kolyaga qarab:

– O‘zingni qutqar, – deb qichqirdi.

Kolya esa Vanyaning gapiga quloq ham solmay, qo‘liga katta so‘yilni olib Jukka yordamga shoshildi. Shovqinni eshitgan o‘rmonchi yugurib kelib itlarni haydab yubordi. So‘ng biri daraxt tepasida, biri yerda qo‘lida so‘yil ushlab turgan bolalarga qarab baqirdi:

– Bu kimning iti?!

– Meniki! – dedi Kolya.

Vanya esa hech nima deya olmadi.



Rus tilidan

Shahrizoda SANAQULOVA tarjimasi

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 71
Категория
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [1462]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [628]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [93]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [52]
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [53]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [59]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [28]
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari [44]
1 Aprel sms hazillar [10]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [60]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [115]
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе [40]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [2]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [9]
SMS FOTO / СМС ФОТО [5]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [100]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [17]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [29]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [21]
SMS SPORT / СМС СПОРТ [2]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [19]
SMS VATAN [38]
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR [81]
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки [14]
Афоризмлар [13]
Стихи о любви [54]
Смс признания [6]
Статистика
Всего на сайте: 7
Гостей: 7
Пользователи: 0