Hafsini tarbiya qilib,
Irodani do’st bilib.
Iymon sinovda bo’lib,
O’tdi mohi Ramazon
Kimdir yig’lab o’tkazdi,
Kimdir ,,uxlab’’o’tkazdi-ul.
Albatda, yutqazdi,
O’tdi ramazon!
Iydul-Fitr kelmoqda,
Demak,umr o’tmoqda.
Bizchi, hali botoqda…
Fikr qilmoq qayoqda?
Ramazon kutdingmi?
Ro’zani tutdingmi?
G’aflat uyqisida yo,
Aslingni unitdingmi?
Musulmon birodarim,
Sengadir nidolarim.
Vaqtni g’animat bilgin-ki,
Fursati ozdur qullning!
Gunohi ko’p bandamiz,
Goh kofirga xandamiz.
Esda tutgin azizim,
O’tkinchi besh kundamiz.
Lekin…
Umidimiz o’zidan,
Og’ishmas so’zidan.
Najot topishimiz bor,
Umidvormiz, umidvor…
Taqvo istab intilgan,
Nafsiga jixod qilgan,
Gunohlardan tiyilgan,
Ko’ngilga taskin kerak.
Taskinni berar o’zi
Boshqa kim undan bo’lak?
Har neki bo’lsa tilak,
Aollohdan so’rash kerak.