Реклама
Новый песни и популярные музыка !
Место для вашей рекламы !
Место для вашей рекламы !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Афоризмлар
Ekin ekkan echki
Дата: 24.04.2022, 23:53

Qoravoy laqabli echki doim podadan qochib ketar, o‘tlab yurganida bironta poliz yoki tomorqaning yonidan o‘tib qolsa, g‘ov-to‘siqlardan ham osongina sakrab o‘tardi-da, ichkariga kirib, sabzi, karam, lavlagilarni yeb, yeyishga ulgurmaganlarini toptab tashlardi. Qoravoyning bunaqangi qilig‘idan so‘ng dehqondan rosa gap eshitgan cho‘pon bola uzun kaltagi bilan shumtaka echkini rosa kaltaklardi. Bir kuni kaltak zarbi uzun-uzun junlaridan ham o‘tib, tanasini qaqshatgan Qoravoy cho‘pondan arazlab o‘rmonga qochib ketdi.

– Bo‘ldi, endi o‘rmonda yashayman. O‘zim yaxshi ko‘radigan sabzavotlarni ekib, pishganida cho‘pon bolaning ko‘zini kuydirib rosa yeyman, – deb o‘ylabdi u.

Cho‘pon bola qo‘ylarini haydab ketibdi. Echki ish boshlabdi-yu, ammo deh­qon­chilik oson emasligini tushunibdi: yer chopay desa yelkalari og‘rib ketibdi. Ariq olgunicha holdan toyibdi. Egatlarga bod­ring, sabzi urug‘larini ek­ku­nicha, karam ko‘­chatini butunlay ma­dori qurib, yiqilib qolibdi. Nihoyat, echki ekkan urug‘lar unib chiqibdi. Ammo ko‘chatlar bir tekis emas, u yer-bu yerda yakkam-dukkam bo‘lib ko‘kargan ekan. Axir Qoravoy urug‘larni ekishni ham eplolmagan ekan-da!

Qoravoy ekinlarini parvarish qila boshlabdi. Nihoyat, bodringlar palak yozib, karamlar ancha katta bo‘lib qolganida, kimdir uning poliziga kirib, ekinlarini payhon qilib, karamlarning boshchalarini g‘ajib ketibdi.

– Qaysi yaramas bu ish­ni qil­di?! – qichqiribdi jahli chiqqan Qoravoy ovozining boricha va... to‘satdan o‘zi ham ilgari birovlarning tomorqasidagi ekin­­larni yeb, payhon qilganini eslabdi.

Qoravoy o‘zining qilmishlari bilan bechora dehqonlarni qanchalar ranjitganini tushunib yetibdi.



Gulnoza TOJIBOYEVA

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 85
Категория
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [1462]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [628]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [93]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [52]
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [53]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [59]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [28]
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari [44]
1 Aprel sms hazillar [10]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [60]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [115]
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе [40]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [2]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [9]
SMS FOTO / СМС ФОТО [5]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [100]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [17]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [29]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [21]
SMS SPORT / СМС СПОРТ [2]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [19]
SMS VATAN [38]
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR [81]
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки [14]
Афоризмлар [13]
Стихи о любви [54]
Смс признания [6]
Статистика
Всего на сайте: 2
Гостей: 2
Пользователи: 0