Реклама
Новый песни и популярные музыка !
Место для вашей рекламы !
Место для вашей рекламы !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Афоризмлар
Dono Alisher
Дата: 24.04.2022, 23:57

Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r aytubdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas.

Zahiriddin Muhammad BOBUR

Undan (Alisher Navoiy) avval va undan keyin hech kim turkiy tilda she’rni undan ko‘proq va undan yuksakroq yozolgan emas. U forsiy she’rni ham ko‘p yozgan.

Muhammad Haydar MIRZO

Bu ulug‘ amir din-u davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir.

Davlatshoh SAMARQANDIY

Zamonamizning mashhur shoirlari – chililik Neruda, pragalik Nezval, ispaniyalik Alberti, kubalik Pelen, flodelfiyalik Lou Enfelis va turkiyalik Nozim Hikmat bugun Navoiy ijodiga ta’zim qiladilar.

Lui Aragon



Bir qishloqda Rahmonqul degan yigit yashar ekan. Uning otasi olamdan o‘tgan bo‘lib, keksa onasi bilan qolgan ekan. Ularning bisotida birgina sigirlari bor ekan. Rahmonqul qirdan shuvoq terib, uni bozorga olib borib sotar ekan. Onasi sigirga qarar ekan. Shu alfozda ona-bola zo‘rg‘a tirikchilik o‘tkazib yuraveribdilar.

Nima bo‘libdi-yu, Rahmonqul shoirlikni havas qilib qolibdi. Kunlardan bir kuni she’r yozibdi-da, uni hamqishloqlariga o‘qib beribdi. Shunda o‘tirganlardan biri aytibdi:

– E, Rahmonqul, katta shoir bo‘ladiganga o‘xshaysan. Ammo bunday yurishingda senga shoirlik yo‘l bo‘lsin. Yaxshisi, topgan-tutganlaringni ol-da, Hirot degan shaharga bor. U yerda hazrati Alisher Navoiy degan shoirlarning piri bor emish. U kishi bilan uchrashasan-da, she’r yozishni o‘rganasan-qo‘yasan.

Bu gap Rahmonqulga ma’qul tushib, u hazrati Alisher Navoiyning oldiga boradigan bo‘libdi-yu: “Pulni qayoqdan olaman?” – deb o‘ylanib qolibdi. Topgan-tutgan puli tirikchilikka zo‘rg‘a yetar, orttirgan bir so‘mi ham yo‘q ekan-da. O‘ylab-o‘ylab sog‘in sigirini sotadigan bo‘libdi va fikrini onasiga aytibdi.

– Moldan ayrilding – jondan ayrilding, – degan gap bor, – deb hech ko‘nmabdi onasi.

– Men shoir bo‘lib qaytganimdan keyin sizga bunaqa moldan bir emas, besh-oltitasini olib beraman, – debdi Rahmonqul onasiga qarab.

Onasi noiloj rozi bo‘libdi. Rahmonqul molni sotib, Hirot shahri qaydasan, – deb yo‘lga ravona bo‘libdi. Yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi, so‘rab-so‘rab oxiri Hirot shahrini topibdi. Odamlardan surishtirib, shoirlarning shoiri shu shaharda yashashini bilib olibdi. Bu payt Alisher Navoiy do‘sti Husayn Boyqaro bilan safarda ekan. Rahmonqul: “Kelib qolar”, – debdi-da, shaharni tomosha qilib yuraveribdi. Oradan o‘n kecha-yu o‘n kunduz o‘tibdi. Sigirning puli ado bo‘libdi, Rahmonqul somsapazga o‘tqalar bo‘libdi, kabobpazga shogird tushibdi-yu, ammo birortasiniyam eplay olmabdi. Oxiri ko‘cha-ko‘yda tentirab yurib, tilanchilik qilishga majbur bo‘libdi.

Bir kuni katta ko‘chaning bo‘yida tilanchilik qilib o‘tirsa, ro‘paradan ikki kishi o‘tib qolibdi. Ulardan biri, keksarog‘iga o‘tgan-ketganlar quyuq salom berishar, orqasidan ham ta’zim qilishar ekan. Haligi kishi ham yo‘lovchilarning salomiga alik olar, ayrimlarini to‘xtatib hol-ahvol so‘rardi. Rahmonqul: “Hamma bilan so‘rashib o‘tayotgan kim ekan?” – deb hayron bo‘lib turgan ekan, birdan qulog‘iga “Hazratim!” – degan so‘z eshitilib qolibdi. Shunda u: “Hazrati Alisher Navoiy shu kishi bo‘lsa kerak”, – debdi-da, uning orqasidan qorama-qora ketaveribdi. Shoir shahardan chetroqdagi bir bog‘da turar ekan. Rahmonqul ergashib borib, boqqa kirib qolibdi. Yon atrof juda ham so‘lim: turli xil gullar ochilgan, bulbul, to‘tilar sayrab turibdi.

Har joy-har joy da yosh-yosh mullavachchalar kitob o‘qib o‘ltirishgan ekan. Alisher Navoiyni ko‘rib qolgan mullavachchalar gurr etib o‘rinlaridan turib ketishibdi. Hazrat ular bilan so‘rashibdi va shu chog‘ ko‘zi Rahmonqulga tushib qolibdi. Rahmonqul ham shosha-pisha salom beribdi-da:

– Shoirlarning piri hazrati Alisher Navoiy sizmisiz? – deb so‘rabdi. Uning salomiga alik olgan shoir:

– Ha, men Alisher Navoiyman, ammo shoirlarning piri emasman, – debdi; Keyin – Xo‘sh, yigit, menda biror yumushingiz bor ko‘rinadi, tortinmay aytavering, – debdi.
– Dilimdagini topdingiz, muhim bir yumush bilan keldim. Meni shoirlikka shogird qilib olsangiz.

Rahmonqulning bu so‘zini eshitgan mullavachchalar kulib yuboribdilar. Alisher Navoiy ularga qaragan ekan, hamma tolibi ilmlar darrov joy-joylariga qaytib, kitob o‘qishga tushib ketishibdi. Shoir yigitni so‘riga taklif qilibdi. Non-choy keltirtiribdi. Rahmonqul tushmagur nondan to‘yib yeb, choyni miriqib ichib olgandan keyingina:

– Qishlog‘imizda o‘tinchilik qilardim, – deb gap boshlabdi va o‘zi, onasi haqida so‘zlab beribdi.

Alisher Navoiy Rahmonqulning gapini diqqat bilan eshitibdi. Keyin qalam bilan qog‘oz olib unga beribdi-da:

– Qani, mana shunga biror she’r yozing-chi? – debdi.

Rahmonqul o‘ylabdi-o‘ylabdi, miyasiga hech she’r kelmabdi.

– She’r yozolmadim, ilhom kelmadi, – debdi oxiri.

– Bo‘lmasa, – debdi Alisher Navoiy,-o‘qigan shoirlaringiz she’rlaridan bir-ikkitasini ayting-chi?

Rahmonqul o‘ylabdi-o‘ylabdi, miyasiga hech shoirning she’ri kelmabdi. O‘zi haligacha hech qaysi shoirning she’rini o‘qimagan ekan-da!

– Hazrat, – debdi Alisher Navoiyga qarab, miyamga hech qaysi shoirning she’ri kelmayapti. O‘zingiz o‘qib bera qoling.

Rahmonqulning bu so‘ziga shoir kulimsirab qo‘ya qolibdi. Keyin o‘ylanib turib:

– Bo‘lmasa biror ashula ayting, – debdi.

– Ha, mayli, ashula aytsam, ayta qolay, – debdi Rahmonqul Navoiyning qo‘lidan tanburni olayotib. Keyin tanburning u qulog‘ini burabdi, bu qulog‘ini burabdi, hech tobiga keltira olmabdi. Shunda shoir undan tanburni so‘rab olibdi-da, bir nafasda sozlab, qaytarib beribdi. Rahmonqul qanchalik urinmasin, sozni chalolmabdi. Yigitni diqqat bilan kuzatib turgan Alisher Navoiy unga qarab shunday debdi:

– Shoir bo‘lish uchun kamida uch narsadan boxabar bo‘lmoq zarur. Birinchisi – ko‘p o‘qimoq lozim. Jamiki yaxshi shoirlarning she’rlarini yoddan bilmoq kerak.

– Siz jamiki shoirlarning she’rlarini yoddan bilasizmi? – deb so‘rab qolibdi Rahmonqul tushmagur.

– Jamiki shoirlarniki bo‘lmasa ham, har holda xotiramda uncha-muncha she’r saqlayman, – deb javob beribdi Hazrat. Keyin so‘zini davom ettiribdi:

– Shoir bo‘lmoqning ikkinchi sharti – astoydil mehnat qilmoqlikdir. Qayta-qayta mashq qilmoq shart. Kishi ona qornidan shoir bo‘lib tug‘ilmaydi. Mehnat bilan mashq orqasidangina shoir bo‘ladi. She’rga bo‘lgan havasni kun-u tun demay, mashq qilish orqaligina voyaga yetkazmoq mumkin.

– Siz ham, – kechasi-yu kunduzi mashq qilasizmi? – deb so‘rabdi Rahmonqul ham bo‘sh kelmay.

– Ha, – debdi hazrat. Keyin so‘zini davom ettiribdi:

– Shoir bo‘lmoqning uchinchi sharti shulkim, qo‘shiq aytmoq bilan soz chalmoqni bilmoq zarur. Qo‘shiq aytolmagan, soz chalolmagan, she’rni ohangga sololmaydi. – Alisher Navoiy shunday debdi-da, xayolga cho‘mibdi. Keyin o‘ziga kelib, so‘zini davom ettiribdi:

– Hali “qirdan shuvoq terib bozorda sotar edim”, – dedingiz. Shu yumushingiz bilan beva-bechoralarning mushkulini oson etasiz. Qani endi, bo‘lar-bo‘lmasga she’r bitib, o‘zlarini shoir sanab yurganlar o‘tin yig‘ib, bir g‘aribning uyini isitsalar edi. Ha, yigit, bemaza she’r bitib, kishilarni ranjitgandan ko‘ra, qirdan shuvoq terib, kun kechirmoq ming karra a’lo. Mana buni oling-da, qishlog‘ingizga qayting. Sigir sotib olib, onangizni xursand qiling. O‘zingiz esa mehnatdan yuz o‘girmang, – debdi Navoiy yigitning qo‘liga tilla tangalar tutqazib.

Alisher Navoiyning donoligiga qoyil qolgan Rahmonqul unga rahmat aytibdi-da, shoirlikni yig‘ishtirib, o‘z qishlog‘iga qaytibdi.



Omonulla Madayev

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 82
Категория
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [1462]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [628]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [93]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [52]
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [53]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [59]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [28]
14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari [44]
1 Aprel sms hazillar [10]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [60]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [115]
Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе [40]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [2]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [9]
SMS FOTO / СМС ФОТО [5]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [100]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [17]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [29]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [21]
SMS SPORT / СМС СПОРТ [2]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [19]
SMS VATAN [38]
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR [81]
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки [14]
Афоризмлар [13]
Стихи о любви [54]
Смс признания [6]
Статистика
Всего на сайте: 20
Гостей: 20
Пользователи: 0