Dilimda avaylab asragan so'zim
Tilimga ko'chmagan titroq sevaman
Xali siz bexabar bundan azizim
Bilmasangiz bilmang sizni sevaman
Tushimda visoldan makon kutaman
O'ngimda xayoldan taskin topaman
Kelmaysiz bilaman, lekin kutaman
Ko'zim yo'lingizda mushtoq sevaman
Qalamdan sochilar yozsam gul isi
Qiqirlab qog'ozning kelar kulgisi
Afsona bo'lmasa Qaysning sevgisi
Sizni eng kamida shundoq sevaman
Balki payqamassiz qilmassiz parvo
Ko'zimdan muxabbat quyilar illo
Sizni o'zimdan xam qizg'onib xatto
Sizdan ko'ra ko'proq sizni sevaman..
Поделиться: