Chiqaringlar mayli yomonga.
Surgun qiling qaytmas tomonga.
G'ururimni surib bir yonga,
Yana qaytsa yana sevardim.
Endi garchi mag'rur boshimni,
Daryo qildi ko'zda yoshimni.
Xuddi o'sha bag'ritoshimni,
Yana qaytsa yana sevardim.
Mayli kulgu bo'lsam xam sizga,
Ko'rinmaydi o'zgalar ko'zga.
Mening baxtim bo'lsa xam o'zga,
Yana qaytsa yana sevardim.
Qiziqaman tilagi bilan,
Baxtli bo'lsin keragi bilan.
Uni sevgan yuragim bilan,
Yana qaytsa yana sevardim.
Yuragimni tutib qo'liga,
Qalbim to'shay yuragan yo'liga.
Dilim bog'lab yurgan yo'liga,
Yana qaytsa yana SEVARDIM.
Поделиться: