Bobur g’azaliga muhammas. Bas , senga qulmasmen, xaqqa quldurmen Sen xam quldor emassen , faqir guldirsen Toki o’zni yer kibi xokisor sanasam Mag’rursen , xusningga bino aylading
Birinchi va ikkinchi muhabbat Ikkinchi muhabbat yor Birinchisi bo’ldi xor Uning sevgan yori bor Mendan emas umidvor Birinchisi qalbimning Ko’zin ochdi baxtimning Sababi u dardimning Xalaskorim u mening O’zligim yo’limga Qanotimdir ikkisi Ancha yo’l men bilan Hamdam bo’ldi ilk sevgim So’ng abadiy men tomon Keldi ikkinchi jonon Yuz sevgim mingdur tamom Yodi qo’llar xar zamon Shu ikkisi eng nafis Hatto hurdan bokira Sen doim qalbimdasan Abadiysan muhabbat Kunda isming ziyorat Qilar ko’nglim benihoyat Ishqdan topdim hidoyat Panohimsan muhabbat.
Bizlardan nima qolur Do’stlar bizlardan nima qolgaydir Muhabbat va xatolardan bo’lak yana ne Gunoxlar ustiga qurib bo’lmas baxt Ota-ona roziligisiz bo’lmas saodat Xaqiqat yo’li nima o’zi u Bor umring nay kabi pora aylamoq Shukr qil o’tadi xar bir kuning xam Boqiying bo’ladi mangu farog’at Ishq nedur ishq ruxing poklaguvchidir Chorasiz holingda qo’llaguvchidir Visoli nasibang bo’lsa-bo’lmasa Yodi ox joningni jonlaguvchidir Vatan ne tarifin etolmam bayon Javobin ko’zlarim etadi ayon Qancha sevsam madhiga shuncha ojizman Tilim lol xayratdan so’zim noravon Do’stlarim bor derdim , yonimda edilar Bir umr senla bo’lamiz derdilar Chorasiz xolimda tashlab kettilar Yolg’iz do’stim endi xudoyim bo’ldilar Do’st shunday bo’lsin, ko’zingga tikilib Yolg’on ertagini so’zlamasin xech Imonsiz insondan do’stlik chiqmaydi Mayli mingta bo’lsin barisidan kech. Seni sevganlarni boshingga ko’tar Javobsiz sevgingni uloqtir otar Ko’ngil berma qattiq sevilmaguningcha Chun vafosiz ko’p erur , diling xun etar
Sevmasang ham yashayman Yo’q desang ,yo’q desang deyaver Osmondan farishtang kutaver Bilgilki ul ham kelmas hech qachon Yerda xur bo’lmas , yo’q undan nishon Hur deb atadim quvonma ko’p xam Sevmading yuragimda yo’qdir bir g’am Aksincha qutuldim baloli ishqdan Jonimni og’ritgan davosiz ishdan Senda bayram men nechun motam tutayin Xom xayol o’ylardan ma’no kutayin Endi bildim donishlar jim turar nechun Dil bermakka arzimas bu foniy ochun O’zligim yashirib senga qaradim Pisand xam etmading , parvo qilmading Ne kunki bugun ochganda yuzim Ortimdan parvona , xayron boqursan.
Muhabbatnoma Savdoiy muhabbatdin daryodur ko’zyoshim Ming bir dod, ming xayxot yetmasdur bardoshim Men bulbul kuyida ulchi beparvo bir xur Dard bilmas , ul lochin, ozod osmonda hokim Gar bilsang saningsiz tunu kunim zulmatdur Bil ey hur, hamdamim yoding ila hilvatdur Yuzingni bir ko’rmayin zinxor o’lib bo’lmasdur Bir xusningga oshiqman demam misoli Majnun Nodirajon jonni o’rtar ko’zlaringiz bor sizni Nochor, g’arib xis qilgum yoningizda men o’zni Sizsiz yolg’iz xolatim yozda eslatar muzni Oy bo’lmasa quyosh xam nechun sochgaydur nurin
Taqdir Barchaning taqdiri Olloh qo’lida Bu taqdir toshlari o’ngu-so’lida Har toshga juft bo’lar o’zin toshi bor Xudo bir qilmasa hammasi bekor
Ko’nglim Zinxor yig’lama ey ko’nglim bo’l doim , jim , sokin Xavotir olma barcha ish, xaq qo’lida , ul hokim G’avg’o solma keng jaxonga bo’lmagin sen homush Tangrim yo’qlab ayt dardlaring barisin et faromush Konglim dardlaringni yuv G’amni bo’l xonangdan quv Xamrox emasdir senga u Yoshlaring to’kma duv-duv Qumsaganing bo’lar yor Yo’llaringda turar zor U xam sendan umidvor Sen xotirjam bo’laqol Bir butun yurak ikki yosh Biri ko’zdir , biri qosh Baxtin to’kis etolmas Taqdirdan bo’lak yo’ldosh
Abduraxmon Jomiyning layli va Majnun dostoniga bag’ishlab Yorimsan yoringman ishqingda xasta Ey tishlari inju , qomati guldasta Hurlar malikasi gulyonoq jonon Kuyingda bamisol Majnunman nolon Ilk bora ko’ribon ko’zingni ko’zim Majolim qolmadi unutdim o’zim Boqqani tomonim o’zingsan ey yor Dilimga hayajon solursan nigor Ko’zlaring dilingdan sirlaring ochar Ochib ox men tomon yog’dudek sochar Noming birla nomim bo’lubdur payvand Bir muddat ayro erurmiz garchand Laylidek menga vafoli bo’lsang Ayrilmam men ham Majnunman bilsang Dunyoga sig’mas mexrim bor mening Muhayyo etgayman xar qachon so’rsang
Nega uchrading Yomon o’ksidi ko’nglim Xudoyim chidolmayapman Ishqqa zanjir ko’nglimni uzolmayapman Taqdirimda bo’lmasang nega uchrading Vayron bo’lgan ko’nglimni tuzolmayapman Birkam dunyo deymi birkam sevgimni O’zing deb bilgandim men xam tengimni Beparvo chiqdingda o’zgani suyib Endi butkul tortgum ishqdan yengimni O’ylamang muhabbatdan sovib qoldi deb Yarim sevgi dog’ida kuyib qoldi deb Bor mexrim san’atga berurman endi San’atni yor bir vafodor bilurman endi Muhabbat kuyida egikman, tolman Ko’zingdin yashirin labingda xolman Sevmading men xam seni sevmayman Balki men xam chorasiz quyoshman , oyman
Ikki do’st Et va tirnog’ kabi go’yo edilar Bir-birisiz go’yo turolmas edilar Birisiga dard berdi xaq do’stlikni sinashchun Bir xol so’rmadi oqibat begona bo’ldilar
Xastalarni ko’nglini oling Ey Nozim , kim xasta bo’lsa bor yoniga borgin Qo’lidan tutib, duo qilgin ko’nglini olgin Shirin so’zlar degin ko’nglin yupatib Odamiyliging yo’qolmas shunda doimo bilgin