Bir yalanglik bo'lsa,
To'yib -to'yib baqirsang,
So'nib qolgan ruhingni
Qalqib -qalqib chaqirsang!
Titrasa tovushingdan
Dimiqqan bag'ring ,tanang,
Sochilib dil g'ubori
Qoyadagi maysaday
Silkinib tursa shonang.
Ox desang,oxlar desang,
Bu qanday chog'lar desang,
Yelkamni tog'day bosgan
Bu qanday dog'lar desang!
Qo'l butun,oyog' butun,
Dil nechun og'lar desang,
Bu qanday imkon,oxir1
Qo'llarim bog'lar desang1
Bu umid qanday umid,
Dilda jon saqlar desang!
Ox ursang ,oxlar desang,
Bu qanday zamon,oxir!
To'yib-to'yib baqirmoq,
Yonib -yonib chaqirmoq,
Endi bir armon desang.
Bir yalanglik bo'lsa ,
Aytib- aytib shularni,
Uchirib
Gala -gala qushlarni
To'yib -to'yib baqirsang,
Kuyib- kuyib chaqirsang?!
Поделиться: