Bugun o'zgacha sho'x sayrar bulbullar
Bayram shodligidan yayraydi dillar.
O'zgacha zavq ela shodon Ko'ngillar
Bayramingiz muborak aziz ayollar
baxtimizga omon bo'ling ayollar.
Yuzingizdan doim quvonch ketmasin,
baxoriy kayfiyat hech tark etmasin
g'am-tashvish qalbingingiz chirtib o'tmasin,
Hamrohingiz bo'lsin eng baxtli onlar
baxtimizga omon bo'ling ayollar.
Siz borki fayzlarga to'ldi bu olam,
siz ammam, siz onam, biringiz xolam.
sizlarsiz o'zingiz yurakda nolam,
Baxtimizga omon bo'ling ayollar
bayramingiz muborak aziz ayollar
Gohida bilmayin sizni ranjitib,
Dilingiz qo'ysak gar bizlar og'ritib.
Ming bor uzr ela hush kalom etib
Unutaylik bugun, yomon hayollar,
Bayramingiz muborak aziz ayollar...
✍ Xudoyberdi To'ychiyev
Поделиться:
Метки: | Ko'rildi: 614