Aylanayin, sening ginalaringdan,
Sendan menga yuqqan kinnalaringdan.
Yuzingdan demayman, hech yo'qsa o'ptir
Qo'llaringga qo'ygan xinalaringdan.
Farhod tog'ni yo'nib ochgan ariqni,
Daryolarda Tohir oqqan sandiqni,
Oygullarni yutgan tilla baliqni
Eshitganing bormi enalaringdan.
Shaftolilar pishdi... kel deb chorlading,
Bormadim, to'kildi olmazorlaring.
Meni tinch qo'ymadi, ammo yodlaring,
Nafasingni tuydim jiydalaringdan.
Oqushday ko'ngling oq, mening ichim dard,
So'radim Tangridan baxtingni faqat.
Bir bora muruvat ayla, Muruvat,
Tentak bo'lib qoldim xiylalaringdan.
Aylanayin, sening ginalaringdan,
Sendan menga yuqqan kinnalaringdan.
Yuzingdan demayman, hech yo'qsa o'ptir
Qo'llaringga qo'ygan xinalaringdan.
Поделиться: