Atirgulning qavat-qavat ko‘ylagi bor,
Qavat-qavat og‘riqlari bordir dilning.
Zarbalardan himoya yo‘q dilga biror,
Qalqon-tikanlari bordir atirgulning.
Dilrang – qonrang qavat ichra yoshlar saf-saf,
Nedir agar to‘kmoq bo‘lsa, cho‘kmoq bo‘lsa,
Umid shulki, gar bandidan uzilmasa,
Yashil yelkanlari bordir atirgulning.
Dilga hamon yo‘qdir darak yashillikdan,
Yo yurakka aylansamikan dillikdan?
Qochib qayga, ko‘chib qayga borardi ham...
Tushunmaganlari bordir atirgulning.
Vayronalik – dildan taralyotgan ifor,
Bunyod etsa edi isi atirgulning.
Atirgulning qavat-qavat ko‘ylagi bor,
Orasiga berkingisi bordir dilning...
Поделиться: