Меню сайта

Главная

Музыки

Фильмы


СМС

Саундтрек

Онлайн
Поиск по сайту

Реклама
  REKLAMA UCHUN BO'SH JOY
Askar qo'shig'i (Vatanimiz xarbiylari uchun she'r) - 14 yanvar tabrik sherlari
Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha! 

Duosi, so‘zlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha! 

Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.
Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha. 

Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi –
Intizor yoringni asra hamisha! 

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,
Oringni – boringni asra hamisha!


Поделиться:

Метки: Askar qo'shig'i (Vatanimiz xarbiyla | Ko'rildi: 1032
Категория
Статистика
Всего на сайте: 15
Гостей: 15
Пользователи: 0

Яндекс.Метрика