Armonli Muxabbat qissasi.
Taqdir menga seni berdi-yu,
Lekin senga meni bermadi,
Yillab azob yutib yetganda
Afsus ozroq umr bermadi.
Necha yillar mushtoq izladim,
Vasling qumsab seni so'radim.
Orzularga endi yetgandim,
Ayriliqni yiroq etmadi.
Endigina to'lganda bag'rim
Poyoniga yetganda dardim
Ajratdida bizlarni Robbim
Senla birga bo'lish bermadi.
So'nggi bora bordur tilagim,
Senla bo'lsam edim malagim,
Dunyoga yo'q ekan keragim,
O'z bag'rida o'rin bermadi.
Kim dunyoda baxtga yetibdi,
Toxir zuxra visoli misol.
Istar edim, o'zlari timsol*
Layli majnun izin bermadi
Istar edim o'zlari timsol* - bu yerda ularning muxabbat tarixini she'r qahramonlarida yaxshi yakun topishini istalgani ammo fojea bilan yakun topgani ko'rsatilgan.
✅Muallif: Xudoyberdi To'ychiyev
Поделиться:
Метки: | Ko'rildi: 1170