O'qishda O'qiymiz Maktab Tugagach
O'zgalar bo'ladi Do'st va Sirdosh.
O'shanda eslab Maktab Chog'ini
Sizni eslayman Aziz Sinfdosh.
to'g'risi ranjitgan kunlarim bo'ldi,
shu kun bedorli tunlarim bo'ldi,
sog'inchim, iztirobibi o'ylarim bo'ldi,
yig'lab sog'inaman seni sinfdosh.
maktab yillarimiz o'tdi birma-bir,
o'tdi kun fasllar,o'tdi kun-oylar,
bugun sog'inchdan otadi tonglar
tongdan sog'inaman seni sinfdosh.
biz sinfdosh bo'ldik,
sinfdoshmas dildosh bo'ldik,
Naxot bugun endi begona bo'ldik,
seni sog'inaman aziz sinfdosh.
yillar o'tib ko'rib oqar ko'z yoshlar,
endi ayro bo'ldi o'shal dildoshlar,
nahot endi begonadir o'sha sirdoshlar,
harvaqt sog'inaman seni sinfdosh.
qara, oxirgi bor darsda birgamiz,
oxirgi bor birga tanaffus kutib,
o'tiribmiz jimgina dardlarni yutib,
dardli sog'inaman seni sinfdosh.
so'nggi qo'ng'iroq ham chalinar asta,
ko'zda mayusligu, qo'lda guldasta,
maktab yillarimiz o'tdi bir pasta,
har vaqt sog'inaman SENI SINFDOSH!!!!
Ba'zinxor Ko'rmayin, Kuzlaringda yosh.
Sen uchun porlasin, Ko'klarda quyosh.
Ayriliq ko'nglimda buldi og'ir tosh.
Baxtli bul bir umr aziz Sinfdosh...
Endi senga Utgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga Yodgordir.
Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir.
Baxtli bul Bir umr Aziz Sinfdosh.
Umid deb atalmish guling sunmasin.
Yurakda orzuying, bevaqt o'lmasin.
Shu qaro kuzlaring, Xech nam bulmasin.
Omon bul bir umr aziz SINFDOSH
Bugun maktab ostonasin hatlab so'nggi bor
O'n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo'lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo'lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o'tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo'lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo'lmagandir 11 yil umr.
Oson bo'lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o'z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo'lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo'ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to'lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo'ng'iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo'lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o'zimizga qilar nasixat.
11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog'i ichra ochildi do'stlik,
Kimlargadir nasib bo'ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko'chirmoqqa bo'lmaydi imkon.
Kundalikka qo'yilmaydi "2" baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo'lolmassiz, unutmang biroq:
Do'stlaringiz bir umrga bo'lar yelkadosh,
Do'stlik uchun chalinmaydi so'nggi qung'iroq.
Vatan mehri ulgaytirdi, oq yo'l bering bizlarga,
Ta'zim ila rahmat deymiz, jon ustozlar sizlarga..
Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq....
Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq!
Поделиться: