0

Zinedin Zidan: Ronalduda gol urish imkoniyati bor edi, ammo u bu ishni uddalay olmadi

Автор: Activeкатегория: Sport newsдата: 19-Октябрь-2016, 13:02

"Real Madrid” jamoasi ustozi Zinedin Zidan "Legiya”ga qarshi (5:1) EChL 3-turidan so`ng o`yin haqia fikr bildirib, Ronalduda gol urish imkoniyati bo`lganini, ammo u bundan foydalana olmaganini aytib o`tdi.

"Muxlislari Ronaldudan doim gollar kutishadi, ammo bugun assistent vazifasini bajardi. Jamoadagi har bir futbolchining ishidan mamnunmiz. Tan olish kerak, biz ham Krishtianudan uchta yoki to`rtta gollar kutamiz. Uning o`zi ham shuni xohlaydi. Unda gol urish uchun imkoniyatlar bor edi, ammo ulardan foydalanmadi. Krishtianudan doim katta natijalar kutamiz. Buni uning o`zi ham biladi”, – deydi fransiyalik mutaxassis.

Krishtianu Ronaldu mazkur uchrashuvda gol urmagan bo`lishiga qaramay, ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Manba: Darakchi.uz

Теги: ammo u bu ishni uddalay olmadi, Zinedin Zidan: Ronalduda gol urish

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги