Главная » Yuzdagi dog` xastalik belgisimi? - 25 Января 2016 - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi brouzerdan foydalanmoqdasiz?
Всего ответов: 31
Статистика

Всего на сайте: 9
Гостей: 9
Пользователи: 0

00:34
Yuzdagi dog` xastalik belgisimi?

“Buyragim shamollab qolganidan keyin yuzimga dog` tushdi. O`ng taraf yonoqdan bo`yinga qarab yo`nalgan, och jigarrang. Pardoz qilsam ham bilinib qolayapti. Kosmetologik muolajalarni oldim, ammo foyda qilmadi. Eshitishimcha, yuzdagi dog` ichki xastalik sabab yuzaga kelishi ham mumkin ekan. Shu rostmi? Dog`ni ketkizsa bo`ladimi?”

Komila, Toshkent viloyati

 — Yuz tuzilish, holati va ko`rinishiga qarab tashxis qo`yish tibbiyotda ommalashgan usullardan biri. Zero, yuz sohasiga dog` tushishi, husnbuzar yoki toshma chiqishi o`z-o`zidan sodir bo`lmaydi. Odatda mazkur holat bir qator omillar bilan taxmin qilinadi. Jumladan:

Gormonal balans muvozanati o`zgarishi (ko`pincha xomilador ayollarda, yuz, bo`yin va qorin sohasiga dog` tushishi bilan kuzatiladi);

Peshob ajratish yo`li hamda jigardagi o`zgarishlardagi teri pigmentasiyasi (qo`l kafti yuzasidagi mayda dog`lar, yuz  yonoqlariga yoyilgani);

Qalqonsimon bez faoliyatidagi o`zgarishlar, siydik qopi yallig`lanishi, avitaminoz ham dog` yuzaga keltirishi mumkin. (Peshona ikki chakkasi, qo`l kafti yoki oyoqdagi dog`);

Quyoshda uzoq vaqt toblanish melanin sintezini faollashtiradi. Bu esa asosan  yuzda dog` paydo bo`lishiga olib keladi. (Yonoq, burun atrofidagi dog`, kurakdagi mayda sepkil);

Stress va asabiylik. Ma`lumotlarga ko`ra asabiy kishilarda dog` paydo bo`lishi ko`proq kuzatiladi. (Bo`yin sohasi, quloq atrofida yuzaga kelgan dog`lar);

Tashqi  muhit ta`siri, ish faoliyati  kimyoviy moddalar bilan bog`liq bo`lsa, noto`g`ri tanlangan pardoz vositalari, o`rinsiz bajarilgan kosmetik muolajalar ham dog` tushishiga olib keladi.

TURLARI

Tibbiyotda dog`larning bir necha  turlari tasnif qilinadi. Xususan:

Xloazma – och jigarrang dog`. Yuzasi silliq va aniq chegaralangan bo`lib, asosan son, qorin va yuzda paydo bo`ladi. Xomiladorlik, jigar kasalliklari, uzoq vaqt kontraseptik vositalardan foydalanish ta`sirida yuzaga kelishi mumkin.

Disxoromiya – yoyilgan ko`rinishdagi dog` bo`lib, peshona va yonoqlarda uchraydi. Lab atrofidagi xloazma esa simmetrik o`lchamga ega bo`lib, davolanilmagan taqdirda daxan va burun atrofiga ham tarqalishi mumkin.

Lentigo – dumaloq ko`rinishdagi, sarg`ish-jigarrang dog`. U o`smirlik,   keksalik va quyosh nuri ta`sirida yuzaga keladigan turlarga bo`linadi. Ko`pincha bo`yin sohasida kuzatiladi, uzunligi 15 mm.

KO`ZGUGA BOQING

Ko`zgu qarshisiga turib, yuzingizga diqqat qiling: rangi tiniqmi, husnbuzar yoki toshma bo`lsa, kattaligi, holati va miqdori qancha? Dog`ni ko`rsangiz  uning o`lchami va yuzning qaysi qismidan joylashganiga qarang. Ishonish qiyin, shunday bo`lsa-da,  yuzning har bir qismi ichki a`zolarning u yoki bu turi bilan bog`liq bo`lib, undagi o`zgarishlarni o`zida aks ettiradi. Masalan, oshqozon-ichaklarda muammo bo`lsa, yuz yonoqlarining  o`rta qismida xusnbuzar paydo bo`ladi. Bezovtalik surunkali tus olib, xastalikka aylansa, dog` paydo bo`lishi ham mumkin.

QANDAY BO`LADI?

Qo`l kaftidagi dog`lar bittadan bir nechtagacha paydo bo`lishi mumkin. Kurak yoki bo`yindagisi esa dumaloq, cho`zinchoq yoki yoyilgan ko`rinishda uchraydi. Oyoqda hosil bo`ladigan dog`lar asosan, tizza atrofi, oyoq kafti yuzasi yoki boldirda uchrashi mumkin.  Ortiqcha bezovtalik bo`lmagani bois dog` bor-yo`qligi bilinmaydi. Faqat tashqi taraflama yoqimsiz ko`rinadi. Ammo teri kasalliklari sabab yuzaga kelgan dog`da qichishish yoki boshqa bezovtaliklar ham bo`lishi  mumkin.

NIMA QILASIZ?

Yuz yoki tananing boshqa qismlarida dog`ga ko`zingiz tushgan zahoti uning o`lchamini eslab qoling. Keyingi kunlarda esa kattalashishi, kengayishi, shakl olishi yoki ko`payishi kabi holatlarni kuzating. Agar dog` ko`paysa yoki kattalashib borsa, albatta mutaxassisga uchrang.

DAVOLASA BO`LADIMI?

Hozirda dog`larni ketkazish uchun mo`ljallangan turli vositalar talaygina. Ammo muammoning asl sababini bilmay turib, faqat tashqi taraflama davolash foyda bermaydi. Kosmetolog yoki  dermatologga murojaat  qilishdan avval terapevt  ko`rigidan o`tib, jigar, buyrak, yurak, umuman ichki a`zolar faoliyatiga doir tahlillar bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Shunda, masalan, muammo buyrakda bo`lsa, avval ushbu a`zodagi o`zgarishlar davolanib, so`ng dog`ni ketgazish usullari ko`rib chiqiladi.

QAYTALANSA-ChI?

Kerakli tahlillar o`tkazilgach, aniqlangan ichki kasalliklar davolansa, dog` ko`rinishida ham o`zgarish bo`ladi. Butkul yo`qotish uchun esa mutaxassis nazoratida mezoterapiya, plazmoterapiya, ozonoterapiya, karboksiterapiya, piling va bugungi kunda samarali ta`sirga ega zamonaviy lazer nuri yordamida bajariladigan muolajalar o`tkaziladi. Har bir organizm o`ziga xos bo`lgani bois muolaja ham individual tarzda tanlanishi mumkin. To`g`ri, ma`lum  muolajalardan  keyin dog` asta-sekin ketadi va teri rangi me`yorlashadi. Biroq ichki kasalliklar yana avj olsa yoki surunkali tusga o`tsa, dog` paydo bo`lmasligiga hech kim kafolat bermaydi.

UYDA DAVOLAMANG!

Yuz  qismlarida yoki tananing boshqa sohalarida yuzaga kelgan dog`larni qo`l bilan yoki boshqa pardoz vositalari bilan tirnash, qirish yoki qonatish mumkin emas! Dori vositalari surtish, malham yoki bug`da tozalash ham ma`n etiladi. Bu bilan dog` o`rni yanada kattalashib, keyinchalik shu holicha qolib ketishi ham mumkin. Yuzasiga jarohat etsa yoki nojo`ya ta`sir ko`rsatilsa, jiddiy asoratlarga olib keladi.

YoDDA TUTING!

Dog`larni davolashda qanday muolaja tanlanmasin parhez tutilishi lozim. Ma`lum muddat achchiq, sho`r, shirin mahsulotlarni chegaralab turgan ma`qul. Ko`proq suyuqlik ichish, teri nafas olishi uchun yuvinish va kamroq kosmetik vositalardan foydalanish ayni muddao.

Mavzu yuzasidan oliy toifali shifokor, dermato-venerolog Rustam Zokirov tavsiyalari asosida tayyorlandi

Категория: Qiziqarli (YANGILIKLAR) | Просмотров: 1042 | Добавил: Admin | Теги: Yuzdagi dog xastalik belgisimi? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: