0

Yoga bilan shug`ullanuvchi ayol uyiga bostirib kirgan bosqinchilarni o`ldirdi

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 30-Ноябрь-2016, 18:24

Chilining Santyago shahrida yashovchi, asli AQShning Texas shtatidan bo`lgan 61 yoshli Xari Nam Kaur Kxalsa uyiga bostirib kirgan bosqinchilarni otib o`ldirdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Xari Nam Kaur Kxalsa yotoqxonasida uxlab yotganda, to`rt erkak bostirib kirib, uni o`q otish quroli bilan qo`rqitdi. Ulardan biri ayolning qo`llarini bog`lashga harakat qildi, ammo Xari Nam uning changalidan chiqishga va yostig`i tagida turgan to`pponchani olishga muvaffaq bo`ldi. U ikki nafar bosqinchini otib o`ldirdi, yana ikki bosqinchi qo`rqqanidan qochib ketdi. 

Prokuror Osvaldo Soto ayolning aybi yo`qligini, u o`zini himoya qilganini ma`lum qilib, uni ozod qildi. Ammo shahar hukumati huquq-tartibot idorasi xodimlaridan ayolni nazoratga olishni talab qilmoqda.

Xari Nam Kaur Kxalsa AQShning Texas shtatida tug`ilgan. Jang san`ati va sosiologiya bo`yicha ta`lim olgan. U jurnalistlarga hozircha bo`lib o`tgan voqea yuzasidan biror ma`lumot berish istagi yo`qligini bildirgan.

Manba: Darakchi.uz

Теги: bosqinchilarni, yoga, oldirdi, shugullanuvchi, uyiga, bostirib, Ayol, BILAN, kirgan

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги