Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Yog`upani surtishning 8 qoidasi

Автор: Activeкатегория: Foydali maslahatlarдата: 19-Октябрь-2016, 12:58

Har bir ayolning bisotida bo`lishi kerak bo`lgan go`zallik vositalaridan biri, shubhasiz – yog`upadir. Uni surdingizmi? Demak, yasan-tusan yakuniga etdi. Asarning qimmati uning intihosida bo`lganidek, makiyajga qo`yiladigan nuqtada ham gap ko`p.

1.     Dumaloq yuzli ayollar yog`upani ikki yonoqdan burun yoniga qarab surtishlari tavsiya etiladi. Oy yuzli xonimlar peshana va iyagingizni  yog`upa bilan bo`yamang, aks holda yuzingizni do`mboq ko`rsatib qo`yasiz.

2.     Oval yuz eng ideal yuz tuzilishi bo`lib, unga istalgan turdagi pardoz yarashib ketaveradi. Yosh va beg`ubor ko`rinish uchun yog`upani aynan yonoqning markaziga surtib yoying.

3.     To`rtburchak yuzli sanamlar yog`upani yonoqlarga uchburchak ko`rinishda, burun yoniga yo`naltirgan holda surtishsa, yanada go`zallashadilar.

4.     Uzunchoq yuzli xonimlar tabiiyki yuzlarini dumaloqroq ko`rsatishni istaydilar. Buning uchun yonoqning markaziga dumaloq qilib yog` upadan surtib, gorizontal qilib yoyib chiqing.

5.     Uchburchak yuzli ayollar doimo iyaklarini berkitishga harakat qilishadi. Yonoqqa ko`proq e`tibor qaratsangiz, iyakka ahamiyat ham berilmaydi. Buning uchun yog`upani yonoqning yumaloq joyiga surtib, dioganal holatda yuqoriga qarab yoying.

6.     Me`yorni unutmang, yog`upani qalin qilib surtib yubormang. Rangni to`g`ri tanlang: oq yuzlilarga och jigarrang va pushtirang, qorachadan kelganlarga esa olxo`rirang va bronzarangga mansub bo`lgan yog`upalardan foydalanish tavsiya etiladi.

7.     Lab bo`yog`i va yog`upaning ranggi iloji boricha bir xil bo`lsin. Agar yog`upani burunga yaqin surtsangiz, yuz uzunchoq va tortilgandek ko`rinib qoladi.

8.     Yorqin ranglar bilan tavakkal qila ko`rmang, tabiiy ko`rinish maqsadida pushtirang, shaftolirang yog`upalarda bo`yang. Kichik maslahat: yuzingiz tuzilishini aniqlash uchun ko`zgu oldiga borib, yuzingiz atrofini qalamda chegaralab chiqing va ko`zgudan uzoqroqqa borib paydo bo`lgan shaklni ko`ring.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Yogupani surtishning 8 qoidasi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги