Реклама
Новый песни и популярные музыка !
Место для вашей рекламы !
Место для вашей рекламы !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Dunyo news
Yerevanda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Yerevanda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Дата: 25.04.2022, 22:47

Parlament vitse-spikeri Ishxan Sagatelyan 25 apreldan butun Armanistonda to‘xtovsiz norozilik namoyishlari boshlanishini e’lon qilgandi.

Armaniston poytaxti Yerevanda bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib chiqqan namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

To‘qnashuvga parlament deputati Gegam Manukyanning ustunga Pashinyanning karikaturasi aks etgan fotosuratni yopishtirishga urinishi sabab bo‘ldi. Politsiya unga xalaqit qilishga uringan, ammo deputat maqsadini amalga oshirgan.

Dushanba kuni Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilayotgan muxolifat tarafdorlari poytaxtdagi asosiy transport tugunlaridan birida harakatni to‘xtatib qo‘ygandi.

Avvalroq parlamentning "Armeniya" muxolif fraksiyasidan bo‘lgan vitse-spikeri Ishxan Sagatelyan 25 apreldan butun Armanistonda to‘xtovsiz norozilik namoyishlari boshlanishini e’lon qilgandi.

Muxolifat hukumatning siyosati "Armaniston davlatchiligi yo‘qotilishiga olib keladi" deb hisoblamoqda.

Yana bir muxolif fraksiya yetakchisi, milliy xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Artur Vanetsyan ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida 25 apreldan "kurashning ikkinchi bosqichi" boshlanishini aytgan. Vanetsyan 17 apreldan buyon Yerevandagi Ozodlik maydonida norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: Yerevanda namoyishchilar va politsi | Ko'rildi: 30
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Статистика
Всего на сайте: 6
Гостей: 6
Пользователи: 0