0

Xivadagi uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 18.08.2019
2019 yilning 11 avgust kuni soat 14:05da Xiva shahar “Sangar” MFY Elobod ko‘chasidagi 9, 11 va 7-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 14:20da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:50da qurshab olingan va 15:22da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Yong‘in oqibatida 9-uyning 160 kv.m. maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari hamda 11-uyning 40 kv.m. maydonda va 7-uyning 20 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inni qo‘shni uylarga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan yoki yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Теги: Yurtimizda, kunlik, yangiliklar