Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Xitoyda yangi iPhone 7 egasining qo`lida portlab ketdi

Автор: Activeкатегория: Texnoдата: 13-Октябрь-2016, 02:28

Xitoyda Apple kompaniyasining yangi smartfoni iPhone 7 egasining qo`lida portlab ketdi, deb xabar beradi "Vesti”. 

Chjenchjou shahrida yashovchi yigit smartfon yordamida videorolikni suratga olmoqchi bo`lganida portladi. Portlash oqibatida smartfon qoq o`rtasidan ikkiga bo`linib ketdi.  Yigit esa  yuzi va qo`lidan bir nechta jarohat oldi. Ma`lumotlarga ko`ra, Apple kompaniyasining Xitoydagi bo`linmasi portlash haqidagi xabarni AQShdagi shtab-kvartirasiga ma`lum qilgan.  

Avvalroq smartfonlar portlash muammosi Apple`ning asosiy raqibi Samsung Electronics kompaniyasida ham kuzatilgan edi. Sentyabr oyida kompaniya portlash xavfi sababli Galaxy Note 7 smartfonlari sotuvini to`xtatdi. 

Xitoy OAVlarining yozishicha, iPhone 7`ning portlashi Samsung smartfonlari portlashidan farq qiladi. Chunki portlash oqibatida iPhone 7`ning batareyasi zararlanmagan.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Xitoyda yangi iPhone 7 egasining qo

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги