Xitoy AQShni mintaqadagi strategik vaziyatni buzmaslikka chaqirdi

AQShning Janubiy Koreyada THAAD raketa mudofaa tizimining (RMT) joylashtirishi mintaqadagi strategik muvozanatni jiddiy ravishda buzadi, Xitoy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralar qabul qilish huquqini o'zida qoldiradi. Bu haqida 4 noyabr, juma kuni XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma`lum qildi. Bundan avval Ryonxap agentligi Janubiy Koreyada amerikalik harbiylariga boshchilik qiluvchi Vinsent Bruksning xabariga tayanib, yaqin 8-10 oy ichida Janubiy Koreyada AQShning THAAD yuqori texnologiyali raketa mudofaa tizimi ishga tushirilishini ma`lum qilgandi. "Xitoy tomon bu masalada ko'p marotaba o'zining xavotiri va noroziligini bildirgan. Xitoy o'z xavfsizlik  manfaatlari himoyasi uchun barcha zarur choralarni ko'radi. Shu bilan birga, biz tomonlarni Xitoyning qonuniy xavotirini inobatga olishga va bu jarayonni to'xtatishga chaqiramiz", - dedi Xua Chunin. U Janubiy Koreyada THAAD raketa mudofaa tizimining joylashtirilishi mintaqadagi, shu jumladan Xitoydagi  startegik muvozanatni buzishini ta`kidladi. "AQShning harakatlari xalqaro jamoatchilikning Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlikni ta`minlash harakatlariga ziddir. Bugungi kunda Koreya yarim orolidagi vaziyat favqulodda murakkab ahvolda", - dedi Xua Chunin. XXR tashqi siyosiy idorasining rasmiy vakili Amerika va Janubiy Koreya yarim oroldagi ziddiyatlarni keskinlashtirishi mumkin bo'lgan harakatlardan saqlanishlariga umid bildirdi. 

Источник: Кун.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 264 | Добавил: Admin | Теги: strategik, AQShni, buzmaslikka, Xitoy, chaqirdi, vaziyatni, mintaqadagi
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться