Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Xiaomi smartfon sotish tezligi bo'yicha rekord o'rnatdi

Автор: Adminкатегория: Texnoдата: 04-Ноябрь-2016, 18:26
Xiaomi kompaniyasi hoshiyasiz Mi Mix smartfoni sotuvi boshlanganidan so'ng 10 soniya ichida birinchi partiya mahsulotni sotishga ulgurdi. Bu haqda Android Headlines xabar berdi.
Bu Xitoy ishlab chiqaruvchisi uchun rekord natija hisoblanadi.
Xitoyda Mi Mix sotuvi 4 noyabr kuni, mahalliy vaqt bilan 10:00da boshlandi. Oradan o'n soniya o'tib, barcha smartfonlar sotib bo'lindi. Qolgan xaridorlarga esa SMS orqali qurilma tugagani to'g'risida ma`lum qilindi. Xiaomi kompaniyasining Mi Note 2 qurilmasi 50 soniya ichida sotib tugatilgan edi.
Mi Mix oktabr so'ngida taqdim etilgandi. U 2040 x 1080 pikselli 6,4-dyuymga ega displeyga ega bo'lib, chetlari hoshiyasiz tarzda ishlangan. Displey old panelning 90 foiz qismini egallagan. Qurilma, shuningdek, 2,35 gigagersli, to'rt yadroli  Snapdragon 821 protsessori bilan ta`minlangan. Smartfon korpusi keramikadan ishlangan.
Manba: Darakchi.uz

Теги: bo'yicha, Xiaomi, smartfon, Rekord, tezligi, o'rnatdi, sotish

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги