Главная » Xayrulla Hamidov: Ijtimoiy tarmoqlar kuchi hamda Fomin voqeasi haqida - 17 Января 2016 - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi brouzerdan foydalanmoqdasiz?
Всего ответов: 31
Статистика

Всего на сайте: 6
Гостей: 6
Пользователи: 0

23:30
Xayrulla Hamidov: Ijtimoiy tarmoqlar kuchi hamda Fomin voqeasi haqida

O'zbekistonlik taniqli sport jurnalisti, "Chempion+" gazetasi muharriri Xayrulla Hamidov o'z blogida ijtimoiy tarmoqlarning jamiyat hayotida tutayotgan o'rni hamda o'zbekistonlik futbolchilarning ijtimoiy tarmoqda o'zini tutishlariga e'tibor qaratib, bu jarayonning yaxshi va yomon jihatlarini keltirib o'tdi.

Quyida matn to'la saqlangan holda sayt o'quvchilari hukmiga havola etiladi:

"Ijtimoiy tarmoqlarni diqqat bilan kuzatadigan odam sifatida bir narsaga amin bo'lib boryapman – har bir yoziladigan so'zni etti o'ylab yozmoq kerak ekan! Ayniqsa, taniqli shaxslar bu ehtiyotkorlikni o'n chandon oshirmoqlari darkor. Hozir hech kim kechirib o'tirmaydi, voqealar tafsilotini surishtirib o'tirmaydi. Shundoq, elning o'rtasiga qo'yib yuborishadi vassalom…

Bugungi Fomin voqeasi va Aliboevning tvitterdagi yozishmalaridan so'ng, jurnalistika sohasining vazifasi biroz o'zgarib ketganini ko'ryapman. Oldinlari ijtimoiy tarmoq bo'lmasdi va xabar, maqolalar gazeta nashrlaridagina chiqardi. Tabiiyki, gazeta sahifasiga chiqqunga qadar bu so'zlar anchayin tahrirdan o'tar, chig'iriqdan o'tgan so'zlargina dunyo yuzini ko'rardi. Senzura ma'nosida gapirmayapman, balki redaktsiya ichida ham unga mas'ul shaxslar ko'p bo'lardi. Shunday bo'lgandan keyin gazeta sahifalarida bo'lar-bo'lmag'ur yozishmalarni ko'rish imkonsiz va tasavvursiz bir hol edi. Bugun esa vaziyat ancha o'zgarib ketganini ko'ryapmiz.

“Oltin to'p”ni topshirish marosimida Krishtianu Ronaldu va eng yaxshi ayol futbolchi Karli Lloyd o'rtasidagi holatni bir eslang. Lloyd marosimda ishtirok etar ekan, parda ortida portugaliyalik yulduzning yonida o'zini noqulay his qildi. Juda noqulay holda turdi. Uyalibroq. Tortinibroq. Sababi oddiy – bir necha oy muqaddam amerikalik xonim o'z tvitter akkaunti orqali Ronaldu haqida anchayin nomaqbul so'zlarni yozib tashlagandi. Vaqt keldiki, marosim tashkilotchilari ikki yulduzni yonma-yon holda sahnaga chiqishga majbur qilib qo'yishdi. Mana shunaqa, agar Lloyd yanvarda eng yaxshi futbolchilar o'rtasida o'tadigan marosimni o'ylaganida, o'sha kuni har xil so'zlarni yozib tashlamasdi. Ayol-da, ayol…

Hay, bu-ku, bir o'yinchi oldidagi vaziyat. Endi yoppasiga muxlislar haqida gapirib qo'yish qanday oqibatlarga olib kelishini o'ylab ko'ring!

Maksimilyan Fomin hali yosh yigit. Bu narsalarni u hali bilmaydi, shu bois bo'lsa kerak, facebook orqali muxlislarni yoppasiga haqorat qilib yubordi. Men bu xabarni kunduzi o'qidim va shu zahotiyoq “kechga borib uzr so'rasa kerak”, deb o'yladim. Chindan ham, kechga qolmay Fomin rasman uzr so'radi. Bunday voqea o'tgan yili Nargiza Zokirova bilan ham bo'lgandi. Bor-yo'g'i bir kungina kifoya qilgandi uzrga. Ijtimoiy tarmoq kuchini to'la-to'kis anglamagan bu ikki shaxs bundan keyin ortiqcha gap yozishmasa kerak, deb o'ylayman…

Endi Aliboev masalasiga to'xtalsak. U ham o'z tvitterida yozishmalarda ishtirok etgan va terma jamoa murabbiyini tanqid qilgan. Bu ham o'yinning ertasiga bir qator internet saytlarida va ijtimoiy tarmoq orqali keskin muhokamalarga sabab bo'ldi. Menimcha, Aliboev ham bundan keyin ijtimoiy tarmoq orqali kamroq yozadi. Hozirda olimpiya terma jamoasining ichki muhitida qanday holat, ochig'i bilmayman, ammo ikkita o'yindagi mag'lubiyat va ayrim futbolchilarning asosiy tarkibdan joy berilmaganiga bo'lgan e'tirozlari muhitga ta'sir o'tkazgani turgan gap. Babayan ham o'zida bo'lmasa kerak. Murabbiy va futbolchi o'rtasidagi ishlarga aralashmaymiz. Endi foydasi yo'q. Boshqa jihatga e'tibor qaratmoqchiman, xolos.

Men Fominning ishini oqlamayman, so'kish va haqoratlarni oqlab bo'lmaydi. Lekin yigitlarning kuyib-pishib, ijtimoiy tarmoqda yozishayotganiga xursandman. Nega, deysizmi? Bir paytlari terma jamoamiz bilan birga ko'pgina mamlakatlarga borganman va mag'lubiyatlardan so'ng futbolchilarning holatini ko'rganman. Еngilgan o'yinlaridan so'ng o'zlarini qo'yarga joy topa olmasalar kerak, deb o'ylaganimda, ular xotirjam, go'yo hech narsa bo'lmagandek avtobusga chiqib kelishganini ko'rib, jahlim chiqib ketgandi.

Aytmoqchimanki, ko'p o'yinchilarning beta'sirligiga hayron qolgandim. Ammo bugungi yoshlarimiz, xususan, Qatarga yo'l olgan “oltin avlod” vakillarining mag'lubiyatlarga rozi bo'lmayotganliklari, alamdan bo'lsa ham muxlislar bilan tortishayotganliklari, aslida ulardan hali umid qilish mumkinligini ko'rsatadi. Odam bir narsaga haqli bo'lsa va uni shu masalada tanqid qilsalar, tabiiyki, asabiylashadi. Yigitlarimizning ko'pida aynan shu sifatni ko'ryapmiz. Ular akalari singari beta'sir emaslar. Raqiblarini engishga ishonishgan ular. Shunga alam qilyapti.

Afsuski, futbolda maydonda harakat qilayotgan yigitlarning xohishi bilan hamma narsani hal qilib bo'lmaydi. Ularni o'sha maydonda joylashtiradigan, kerakli o'yinchilarni maydonga tushiradigan va o'yin taktikasini belgilaydigan MURABBIYga ham ko'p narsa bog'liq-da! Shuning uchun ham, futboldagi eng mashhur naqlni eslayveramiz – … engilsa, murabbiy aybdor!
Xayrulla Hamidov.

Категория: Uzb News | Просмотров: 826 | Добавил: Admin | Теги: Xayrulla Hamidov: Ijtimoiy tarmoqla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: